«Sport kundalik hayotimning bir bölagiga aylangan. Boşqa narsalar men uçun ikkinçi darajali. Bir kun maşğulotlarim qolib ketsa ham bezovta bölaman, bugun şuğullanmadim, oldinda musobaqalar bor, nima bölar ekan, deb öylanaman...»
Özbekiston Milliy Paralimpiya terma jamoasi a'zosi San'at Normetov «Optimist» ruknining navbatdagi qahramoni. U baxsiz hodisa tufayli 3 yil muqaddam köriş qobiliyatini yöqotgan bölsa-da, katta maqsadlar sari intilib yaşayapti. U hayot mazmunini sportda qayta kaşf qilgan.

1995 yilda Xorazm viloyatida tuğilgan San'at Normetov Urganç davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti ikkinçi bosqiç talabasi. Uning sözlariga köra, sportga qiziqiş bolalikdanoq bölgan, ammo şuğullaniş uçun şaroit yetarli emas edi.
«Toşkent şahriga kelganimdan keyin kollejimizda öqiydigan bir örtoğim sabab bölib, «Paxtakor» stadionida hozirgi murabbiyim Sardor aka Abduxoliqov bilan tanişganman. 2016 yildan boşlab yengil atletikaning yuguriş turi bilan professional tarzda şuğullana boşladim», deydi u.
San'at Paralimpiya terma jamoasi a'zosi ekanini ayriça faxr hissi bilan e'tirof etadi: - Milliy terma jamoaga kirişim juda ham qiyin bölgan. Musobaqalarda bir martada kutilgan natijaga erişmaganman. Birinçi emas, ikkinçi bölib qolaverardim. Baribir terma jamoa safida böliş, menimça, boşqaça. Bu qandaydir ğurur, söz bilan tuşuntirib bera olmayman. Terma jamoa a'zosi bölganingizdan keyin davlatning formalarini kiyib yuriş hammaga ham emas-da. Bu loyiq bölganlargagina nasib qilsa kerak, deb öylayman.
Qahramonimizning sport murabbiyi Sardor Abduxoliqov şogirdining tirişqoqligini alohida ta'kidlaydi.

«San'atning yutuği uning tirişqoqligi, heç qaçon ortga çekinmasligi, hayotga, yaşaşga bölgan intilişida. Soğlom insonlar kabi hayotda, jamiyatda öz mavqeyiga ega bölişga harakati hozirgi kungaça terma jamoada öz örnini saqlab qolişga va yuqori natijalarga erişişga undab kelmoqda», deydi murabbiy.
Sportçi özi uçun eng qadrli ğalaba sifatida 2020 yilda Tokioda ötkaziladigan 16-yozgi Paralimpiya öyinlari uçun joriy yilning may oyida ötkazilgan saralaş musobaqasidagi natijasini körsatadi. Hozir ham yaqin tört yillikning eng yirik musobaqasi hisoblangan Paralimpiya öyinlariga tayyorgarlik körmoqda.
San'at Normetov bir özi yugurmaydi. Maşğulotlarda ham, musobaqa va çempionatlarda ham uning yordamçisi, uning uçun ham köz, ham qöl va oyoq böla oladigan bu Şerzod Turğunov. U Milliy terma jamoa a'zosi. Ular qöllarini bir-birlariga boğlagan holda bir tan-u bir jondek harakat qilişadi.

«San'at Normetov bilan murabbiyimiz Sardor aka orqali tanişganmiz. U bilan birga yuguriş menga qiyinçilik tuğdirmaydi. San'at bilan şuğullanganim özimning sportim qolib ketyapti, degani emas. Nogiron sportçi bilan yonidagi yordamçi sportçining örtasida juda ham katta farq bölişi kerak. Yordamçi sportçi ikki barobar kuçli bölişi kerak.Çunki u ikki barobar kuçli bölmasa, nogiron sportçini torta olmaydi. Ikkalasining kuçi teng bölsa, bir-biridan öta olmaydi. Oyoq-qöllarimizni bir-biriga tuşiriş uçun juda ham katta kuç, juda katta çidam kerak böladi», deydi Şerzod Turğunov.
San'at Normetov sportda qiyinçiliklar köp bölişi, ammo çekinişlar uzoqqa çözilmasligi, stadion yana öziga çorlayverişi haqida gapirdi.
«Sportda har xil vaziyat bölişi mumkin. Musobaqada kutilgan natijalar çiqmay qolişi mumkin. Ba'zi paytlarda qöl siltab ketib qolişlar böladi. E böldi, deysiz, lekin baribir 2-3 kundan keyin maşğulotlarning xumori tutadi. Aylanib stadionga kelib qolganingizni bilmay ham qolasiz.
Sportni tanlamaganimda ğirt bekorçi bölib uyda ötirişim ham mumkin edi. Sport irodamni mustahkamladi, yaşaşga bölgan qiziqişni qayta uyğotdi, desam ham böladi», deydi u.
Ayni damda uning oldidagi eng katta maqsadi Tokioda bölib ötadigan 16-yozgi paralimpiya öyinlarida oltin medalni qölga kiritiş va u buning uçun tinimsiz mehnat qilmoqda.
Kun.uz sportçining bu maqsadga erişişida muvaffaqiyat tilaydi!
San'at Normetov bilan suhbatni töliq şaklda yuqoridagi videoda körişingiz mumkin.
Saodat Abdurahmonova, Kun.uz muxbiri











