Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

ÖzAning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:

yurtimizning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid rasmiy ma'lumotlarni izlaş, oliş, qayta işlaş hamda axborot, axborot-tahliliy, tahliliy-tanqidiy materiallar tayyorlaş va tarqatiş;

Özbekiston Respublikasi qonunlari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, rasmiy bayonotlari va ma'ruzalarini, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Hukumatining qarorlari va ularning faoliyatiga oid axborotlarni muntazam yoritib boriş;

respublikaning içki va taşqi siyosatini, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng miqyosli islohotlarni, jamiyatimizda keçayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy özgarişlar va yangilanişlarni tezkor yoritiş;

jamoatçilikning katta qiziqişini uyğotayotgan voqealarning mohiyati böyiça fuqarolarda xolis fikrni şakllantiriş hamda ma'lumotlardan buzğunçi va boşqa ğayriqonuniy maqsadlarda foydalaniş imkoniyatini bartaraf etiş uçun aholini bunday hodisalar haqida öz vaqtida xabardor qilib boriş;

axborot xurujlari va mafkuraviy tahdidlarning oldini olişga qaratilgan çoralarni amalga oşirişda davlat organlari va ularning axborot xizmatlari bilan uzviy hamkorlik qiliş va ulardan tizimli ravişda statistik, tahliliy va boşqa turdagi ma'lumotlarni oliş;

boşqa ommaviy axborot vositalari, jismoniy va yuridik şaxslar foydalanişi uçun yurtimizning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, tarixiy
va madaniy rivojlanişiga oid ma'lumotlar (axborot, foto va video materiallar) bazasini şakllantiriş;

öquvçilar uçun qulay va qiziqarli şaklda Özbekiston xalqining öziga xos madaniyati, urf-odatlari, milliy qadriyatlari, mamlakatning köp yillik tarixi va ilm-fan rivojiga qöşgan hissasini namoyiş etişga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni amalga oşiriş;

yurtimizda yuz berayotgan özgarişlarni dunyoga keng tarqatiş, jahonda sodir bölayotgan voqea-hodisalar haqida mamlakatimiz aholisiga tezkor axborot yetkazib beriş, xorijdagi axborot agentliklari va boşqa ommaviy axborot vositalari, media-tuzilmalar bilan hamkorlikni rivojlantiriş.