Özbekistonda Nodavlat notijorat taşkilotlari töğrisidagi kodeks işlab çiqiladi. Bu haqda prezidentning “Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatçilik nazorati samaradorligini, şuningdek, fuqarolarning demokratik özgartirişlardagi faolligini oşirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida aytiladi.

Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat taşkilotlari töğrisidagi kodeksi loyihasini tayyorlaş böyiça işçi guruh tuziladi.

Ilğor xorijiy tajribani örganiş va şakllangan milliy huquqni qöllaş amaliyoti asosida nodavlat notijorat taşkilotlari töğrisidagi qonunçilikni kodlaştiriş va tizimlaştiriş işçi guruhning asosiy vazifasi etib belgilandi.

Işçi guruh 2020 yil 1 fevralga qadar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelişilgan Özbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat taşkilotlari töğrisidagi kodeksi loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Bundan oldin, Şavkat Mirziyoyev islohotlar ustidan jamoatçilik nazorati samaradorligini oşiriş böyiça yangi qaror imzolagani xabar qilingandi.