Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamentiga özgartiriş va qöşimça kiritiladi. Hukumatning tegişli qarori loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.
Vazirlar Mahkamasining reglamenti 33-bandiga quyidagi mazmundagi oltinçi xatboşi qöşiladi:
“Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi bilan – ta'lim sohasiga oid loyihalar;”;
oltinçi – ön törtinçi xatboşilar tegişliça yettinçi – ön beşinçi xatboşilar deb hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, 33-bandga köra işlab çiquvçi tomonidan tayyorlangan Özbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelişilişi kerak.
Amaldagi tahriri quyidagiça:
Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan — barça loyihalar, şu jumladan, rivojlantiriş davlat dasturlari va investitsiya dasturlariga oid loyihalar, ularni kelişişning yakuniy bosqiçida huquqiy ekspertiza ötkaziş uçun Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritişdan oldin;
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan — Özbekiston Respublikasi Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamğarmalari budjetlaridan mablağlar ajratiş, şuningdek, davlat xaridlarini amalga oşiriş masalalariga oid loyihalar;
Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi bilan — investitsiyalar, savdo va iqtisodiy tartibga soliş masalalariga oid loyihalar;
Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan — moddiy madaniy meros obektlariga oid loyihalar;
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi bilan — davlat boşqaruvida axborot tizimlari, resurslari va boşqa dasturiy mahsulotlarni yaratiş va joriy etiş masalalariga oid loyihalar;
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi bilan — davlat-xususiy şeriklik masalalariga oid loyihalar;












