Turkiyaning «Qaysarispor» klubi hujumçisi Emmanuel Adebayor Toşkentning «Paxtakor» klubi safiga ötmoqda, deya xabar bermoqda «Milliyet» naşri.

2 dekabr kungi «Beşiktoş» - «Qaysarispor» (4:1) öyinida jamoasining birgina javob goliga mualliflik qilgan futbolçi öyindan keyin klub va muxlislar bilan xayrlaşgan.

35 yoşli togolik hujumçi «Paxtakor» safiga ötiş masalasida Şota Arveladze bilan oğzaki kelişuvga erişgani aytilmoqda.

Ma'lumot uçun, Emmanuel Adebayor «Arsenal» (2005-2009), «Mançester Siti» (2009-2011), «Real» (2010-2011), «Tottenhem» (2011-2015) va «Kristal Pelas» (2015-2016) kabi klublarda töp surgan, 2017 yil yanvarida Turkiya çempionatiga yöl olgan edi. U uç mavsum «Istanbul» klubida öynagaç, 2019 yil avgustida «Qaysarispor» safiga kelib qöşilgan va jamoa bilan bir yillik şartnoma imzolagandi.

«Qaysarispor» Turkiya Superligasi 13-turidan keyin turnir jadvalida bor yöği bitta ğalaba bilan sönggi 18-örinni egallab turibdi.