«Mançester Yunayted» haqida Joze Mourino davridan davom etib kelayotgan bir muammo bor – jamoa pozitsion hujumlarni taşkil qilişda qiynaladi. Natijada, köpçilik bölib himoyalanadigan jamoani yorib ötiş oson bölmaydi. Bu rostan ham bor narsa.

Şu bilan birga, yana bir stereotip bor – «Mançester Yunayted» qarşi hujumlarni zör taşkil qiladi. Aslida esingizda bölsa, Joze «Real»da ham bu borada juda kuçli maşinani yaratgan, Ronaldu–Di Mariya–Özil kabi futbolçilar bilan dunyodagi eng tezkor qarşi hujumlar qila oladigan «Real»ni bilardik. Mançesterga kelib ham Mourino şu yönalişda harakat qildi – Lui van Gaalning töp nazoratiga asoslangan öyinidan çinakam vertikal jamoaga aylaniş uçun bir yildan ortiqroq vaqt ketdi. Ibrahimoviç, Mata, Runi kabi futbolçilar yetakçi bölib turganida, tezkorlikni asosiy planga olib çiqiş imkonsiz edi va keyingi transferlarda aynan vertikal futbol asosiy talabga aylanib bordi.

Sulşer bilan bu qurol yanada takomillaşdi. Birinçidan, ma'lum bir pallada bu juda yaxşi natija berişni boşladi va aynan öşa davr – Sulşerning ilk oylari butun Angliyada «Mançester Yunayted» qarşi hujumda benazir harakat qiladi, degan tasavvurni uyğotdi. Esingizda bölsa, Sulşer kelgaç, «Mançester Yunayted» qatorasiga bir neça öyinda safar öyinlarini faqat ğalaba bilan yakunlayverdi. Ular içida «Tottenhem», «Lester», «Çelsi», «Arsenal» va «PSJ» kabi jamoalar bor ediki, bu öyinlardagi gollarga e'tibor bersangiz, asosan tezkor qarşi hujumlarga tayanilgan.

Yozda esa, David Jyeyms ham sotib olindi. Errera, Fellayni va Matiçsiz, endi bu «Mançester Yunayted» uçun tezkor hujumlar asosiy emas, yagona qurolga aylanib qoldi. Reşford va Jyeyms - APLdagi eng tezkor beş futbolçidan ikkisi, bular bilan boşqaça öynaşni ixtiyor etiş ham qiyin. «Mançester Yunayted» pozitsion hujumlarda muammolarga duç kelişda davom etmoqda, «Vulverhempton», «Sauthempton», «Nyukasl», «Bornmut», «Şeffild», «Aston Villa», «Kristal Pelas» jamoalariga qarşi öyinlarda oçko yöqotildi – bu hali yarmi yakunlanmagan mavsum uçun juda köp. Ammo şu bilan birga, haligi stereotip ham yaşayapti – «Mançester Yunayted» qarşi hujumlarda juda xavfli klub.

Bu jamoaga nima bermoqda?

Keçagi öyindan keyin Joze Mourino şogirdlarining dadilroq, yanada agressivroq öynamagani asosiy kamçilik bölganini tan oldi. Bu holat tabiiyki, murabbiyning öyinga ehtiyotkor yondaşuvidan kelib çiqqan oqibat. Qiziği, Mourinoni qöying, aynan top öyinlardagi dadil taktikalari bilan nom qozongan Yurgen Klopp ham, esingizda bölsa, «Old Trafford»da xuddi şunday vaziyatga tuşib qolgandi. Bir emas, ikki marta. Köp mutaxassislar Klopp jamoasi mavsumda birinçi marta öziga öxşamagani, öta ehtiyotkor taktika tanlab yuborganini ta'kidlaşgandi. Bunday ehtiyotkorlikning manbasi ham aniq – «Mançester Yunayted» qarşi hujumlarda xavfli jamoa.

Sulşerning kulib turgan yuzi pokerdagi blef qiluvçiga heç öxşamasa-da, bu holat futboldan köra, aynan öşa öyinni eslatib yuboradi. «Mançester Yunayted»da köp qirralar hali şakllanmagan, natija olib kelmayotgan bölişi mumkin, lekin asosiy salohiyat aynan tezkorlikda ekani, bugungi kunda bu jamoaning yagona quroli bölib qolayotgani, beixtiyor top-raqiblarni haddan taşqari ehtiyotkor qilib qöyadi. Öta yuqori pressing qöllaş, köpçilik bölib oldinga taşlanişdan qaytaradi – qiziği, xuddi şu qaraş bumerang kabi, «Yunayted» taktikasini ham belgilab, kutilmaganda «Mançester Yunayted» maydonda taşabbus bilan töp surişiga ham zamin yaratadi.

«MYu»ning top-öyinlar ssenariylariga e'tibor bering: dastlab, öyin boşidan tanlangan taktikada «Arsenal» ham, «Liverpul» ham heç narsa qila olmadi. Çunki raqib qarşi hujumidan qörqib, oldinga taşlanmaslik «MYu»ning vazifasini ança osonlaştirib yubordi. Öyin oxirlariga kelib esa, har qanday jamoa tavakkalçilikni boşlaydi, köproq kuç bilan hujumga ötadi, himoyani öylaşni boşlaydi. «Yunayted» bundan foydalanadimi? Aksariyat hollarda, hujumga taşlangan jamoa niyatiga yetdi, hisobni tenglaştirdi. Nafaqat «Arsenal» va «Liverpul», boşqa, örtaçaroq jamoalarni ham eslang – «Mançester Yunayted» bu mavsumda özi hisobda oldinga çiqib olgan 6 öyinda ğalabani uşlab qola olmadi («Aston Villa»dan keyin ikkinçi körsatkiç). Aksariyat hollarda «MYu» birinçi bölimlarni juda yaxşi ötkazyapti, çunki raqib hali özgarmagan, aynan tayinlangan taktika asosida töp surayotgan böladi. Öşa taktika esa, biz bilgan asos ustiga quriladi – «Mançester Yunayted» qarşi hujumda juda xavfli.

Qarang, keça «Tottenhem» 30-45 daqiqalarda faol hujumga ötdi va aynan şu daqiqalarda ham gol urib, ham vaziyatlar böyiça ustunlikka erişdi. Londonliklar mezbon jamoa himoyaçilarini xato qilişga majbur qilişdi. Öyinning sönggi daqiqalari ham şunaqa – bor kuç bilan «Tottenhem» hisobni tenglaştirişga taşlanganda, eng kuçli öyinini körsatdi, 4 marta aniq zarba berdi. Dastlabki, 75 daqiqada atigi 2ta aniq zarba.

Öşa daqiqalarda «Mançester Yunayted»da ikkita yaxşi vaziyat böldi, töğri, lekin foydalana olmadi. Keça ham, yuqorida tilga olingan aksariyat öyinlarda ham «Mançester Yunayted» qarşi hujum qurolidan foydalana olmayapti aslida. «Çelsi»ga qarşi öyinda 3 gol urib, hisob yiriklaştirilganini aytmasa, asosan «MYu» qarşi hujumda hisobni oşirişdan köra, raqibning hisobni tenglaştirişi köproq röy bermoqda. Hisob oçilgan 6 öyin ğalaba bilan yakunlanmaganining asosiy sababi şu – qarşi hujumlardan foydalanib, hisobni oşira olmaslikdan, aslida eng katta kamçilik şu yerda, töğrimi? Qarşi hujum «MYu»ga foyda berayotgan yagona jihat, qarşi hujumlarning özi emas, boşqa – raqibning, ayniqsa, top-klublarning bundan qörqayotgani xolos. Boşqa öynaşni bilmasligidanmi, yoki rostan ham qarşi hujum tayaniladigan asosiy poydevormi, farqi yöq, Sulşer qölida qartani uşlab, raqibiga ma'noli tabassum qiladi – biz qarşi hujumda xavflimiz. Tamom.

Sulşer kelganidan keyin kuboklar bilan qöşib hisoblaganda Top-6 ga qarşi 12 öyin ötkazildi. Buning yarmi «Mançester Yunayte«» ğalabasi bilan yakunlandi. 4 uçraşuv durang bilan yakunlandi. Atigi ikki marta – «Arsenal»ga qarşi safar öyinida (qiziği, öşanda «MYu» birinçi raqamda öynaşga majbur bölgandi) va çempionlik uçun öta yuqori motivatsiyaga ega bölgan «Mançester Siti»dan «Old Trafford»da mağlubiyatga uçraldi.  Ajoyib natija. «Çelsi», «Tottenhem» va «Liverpul» hali Sulşer ustidan ğalaba qozonganiça yöq. «Arsenal» va «Liverpul»ga qarşi durang bilan yakunlangan öyinlarda ham «Yunayted» hisobni oçib, öyin oxirlarigaça oldinda borganini e'tiborga olsak, bemalol «MYu»ning top-öyinlaridagi ustunligini köramiz. «Aston Villa» kabi jamoalar esa, «MYu»ning qarşi hujumidan, umuman boşqa jamoaning hujumidan qörqmaydi, özining bilgan öyinini qilaveradi.

Vaziyatga pozitiv tomondan qaraganimizda, top-öyinlardagi bunday natijalar kelajakka işonç beradi. Matiçdan voz keçiş, «MYu» transfer bozorida körib çiqayotgan ijroçilar (Sanço, Meddison, Fernandeş, Holand) ham jamoa yana şu yönalişda davom etmoqçi ekanini körsatadi. Qanaqadir pozitsion hujumlar, örtamiyonalar bilan natijaga erişişning esa boşqa yöli bor – uçta yoki törtta katta transfer orqali jamoaning mahoratini oşiriş. Ungaça esa, Sulşerning qölida Perreyra böladimi, Grinvudmi, farqi yöq, kulib turaveradi: «Mançester Yunayted» qarşi hujumda xavfli. Istasang, sinab kör».

Qahramon Aslanov