AQŞ prezidenti Donald Tramp NATOning Londonda ötgan sammiti böyiça 4 dekabrdagi yakuniy matbuot anjumanni bekor qilişga qaror qildi. Uning ta'kidlaşiça, oxirgi 2 kun içida u şundoq ham bunday tadbirlardan talaygina ötkazdi. 

«Bugun uçraşuvlar yakunlangaç, men Vaşingtonga qaytaman. Biz NATO sammiti yakunlangaç, matbuot anjuman ötkazmaymiz, çunki oxirgi kun içida şundoq ham bunday tadbirlardan talaygina ötkazdik. Hammaga oq yöl!», deb yozgan Tramp tvitterda.

Bundan avvalroq OAVda Tramp ikki kunlik sammitdan keyin toliqqan köringani va yana bir tadbir – yakuniy matbuot anjumanni ötkazişni istamayotgani haqida ma'lumot berilgandi.