3 dekabr kuni qator ijtimoiy tarmoqlar va naşrlarda Din işlari böyiça qömita fuqarolarni Umra vizasini soxtalaştirayotgan turfirmalardan ogohlikka çaqirgani haqida maqolalar e'lon qilindi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi uşbu ma'lumot yuzasidan rasmiy munosabat bilan çiqdi.

Ta'kidlanişiça, mamlakatda uşbu jabhada yillar davomida yiğilib qolgan va davom etib kelayotgan bu kabi muammoli masalalarni tizimli ravişda hal etiş maqsadga muvofiqdir. 

Jahon tajribasidan keltirilişiça, ziyoratçilar uçun «Umra» safarlarini taşkil etiş vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan talablar asosida xususiy sektor vakillari tomonidan amalga oşiriladi. Turkiya (156 ta), Indoneziya (101 ta), Malayziya (71 ta) va qöşni Qozoğiston (30 taga yaqin) mamlakatlarida qonunçilik bilan mustahkamlangan aniq tartib-taomil asosida turizm faoliyati sub'yektlari tomonidan «Umra» safarlari yuqori saviyada taşkil etib kelinadi. 

«Buning natijasida esa, mazkur ziyoratni amalga oşirişga qodir bölgan kişilarning yillab navbat kutişi, safar narxining asossiz kötarilişi, fuqarolarning aylanma yöllar orqali ziyoratni amalga oşirişi va tadbirkorlik sub'yektlarining yaşirin iqtisodiyot vakillari sifatida safarlarni taşkil etişi kabi noxuş holatlarga barham berilgan», - deyiladi munosabatda. 

Aytilişiça, Özbekistonda «Umra» safarlarini amalga oşirişni xohlovçilar sonining köpligi hamda amaldagi tartib asosida ularning xohişi tölaqonli qondirilmayotganligi sababli minglab fuqarolarimiz mavjud tartibni çetlab ötgan holda turizm taşkilotlari va boşqa vositaçi şaxslar orqali muqaddas ziyoratlarini taşkillaştirişiga olib kelmoqda.

Ma'lumotlarga köra, 2018-2019 yilgi mavsumda Özbekiston musulmonlari idorasi tomonidan qança fuqaro «Umra» ziyoratini amalga oşirgan bölsalar, deyarli şunça fuqaro Qozoğiston, Qirğiziston, Turkiya, BAA kabi mamlakatlar orqali «Umra» safarini amalga oşirişgan. 

«Şuni alohida ta'kidlaş kerakki, bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etiş faqatgina turli çeklovlarni örnatiş orqali emas, balki fuqarolarimizda muqaddas ziyoratlarni amalga oşirişga bölgan ehtiyojning kattaligini inobatga olgan holda, ularning salomatligi va xavfsizligini ta'minlaş hamda fuqarolarning mavjud tartibni çetlab ötişlarini oldini oliş maqsadida «Umra» ziyoratlarini bozor munosabatlari va fuqarolarning ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda taşkillaştiriş maqsadga muvofiq hisoblanadi», - deyiladi Turizm qömitasi rasmiy munosabatida.