Superliga-2019 uçraşuvlarida mavsum davomida stadionlarga taşrif buyurgan tomoşabinlar sonini sarhisob qilib, klublarning muxlis töplaş borasidagi natijalari haqida ma'lumot bergandik.
Bugun esa Superliga öyinlaridagi sönggi uç yillik taşrifni özaro taqqosladik. Afsuski, statistika Özbekiston çempionatiga muxlislarning qiziqişi uşbu mavsumdan yana pasaya boşlaganligini körsatmoqda.
Jumladan, 2017 yilgi mavsum yakunlariga köra, Oliy liganing har bir uçraşuviga örtaça 4087 nafar tomoşabin töğri kelgan bölsa, 2018 yilgi Superliga bahslariga esa örtaça 6891 nafar muxlis taşrif buyurgan. 2019 yilgi Superligada bu raqam 5631 nafarni taşkil qildi. Ötgan yilgi körsatkiçlar bilan taqqoslaganda, muxlislar taşrifi 19 %ga kamayganligini bildiradi.
Oldingi mavsumda tomoşabinlar taşrifi borasida peşqadam bölgan «Navbahor»ning Namangandagi öyinlariga örtaça 15 444 muxlis kelgan bölsa, bu yil bu son 11 233 nafarga kamaygan.
Ötgan mavsumda örtaça eng kam taşrif – 4264 nafar tomoşabin «Lokomotiv» uy öyinlariga töğri kelgan bölsa, bu yil örtaça eng kam tomoşabin – 2254 nafar muxlis OKMK öyinlariga töğri kelgan.
Tomoşabinlar taşrifi. Sönggi uç mavsumdagi holat:
2019 yilgi holat: (har öyinda örtaça 5 631 tomoşabin)
1. NAVBAHOR - 11.233 tomoşabin
2. PAXTAKOR - 8.048
3. NASAF - 7.499
4. ANDIJON - 7.414
















