6 dekabr kuni Namangan şahrida Prezident maktabining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Tadbirni oçib bergan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov öz sözida bugun namanganliklar uçun tom ma'noda buyuk sana ekanligini ta'kidlab ötdi. 

- Viloyatimiz miqyosida sakkiz mingga yaqin öquvçi yoşlar Prezident maktabi öquvçisi böliş maqsadida imtihonlardan ötgan bölsalar, ulardan eng salohiyatli, eng bilimli, eng munosib 144 nafari bugun şunday faxrli nom egasi sifatida qarşimizda turibdilar. Bu siz-u bizga qançalik iftixor baxş etayotgan bölsa, şunçalik mas'uliyat hissini ham yuklaydi. Siz bugundan e'tiboran eng kuçlilar içida kuçli, baxtlilar içida baxtli bölib, şunday imkoniyatlar maskanida tahsil olişga kirişmoqdasiz. Bu yölda sizga buyuk ğalabalar, katta marralar tilab qolaman. Mamlakatimiz ravnaqini yuksaltiradigan, viloyatimiz iftixor etadigan, ona xalqimiz işonadigan farzandlar bölişingizga işonç bildiraman, - dedi viloyat rahbari öz sözida. 

Şundan söng söz olgan Özbekiston Yoşlar ittifoqi raisi Alişer Sa'dullayev va Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi direktori Sarvar Boboxöjayevlar Prezident taşabbusi bilan mamlakatimizning eng iqtidorli va bilimli yoşlari uçun bunyod etilgan maktab, tom ma'noda yuksak imkoniyatlar maktabi bölib qolişini ta'kidladilar. 

Şundan söng mehmonlar maktab faoliyati bilan tanişib, öquv jarayonlarini kuzatdilar. 

Prezident maktabida öquv jarayoni tubdan yangi texnologiyalar asosida taşkil etilgan bölib, Kembrij universiteti bilan hamkorlikda işlab çiqilgan öquv rejalar va dasturlar böyiça ingliz tilida amalga oşiriladi. Prezident maktablarida “STEAM” fanlar – tabiiy fanlar, texnologiya, texnik ijodiyot, san'at, matematika çuqurlaştirib örgatiladi. Ön nafar xorijlik mutaxassislar öquvçilarga dars beradilar.