2020 yilda Apple kompaniyasi birdaniga 5 ta yangi iPhone modelini çiqaradi. Bu haqda Min-Çi Kuo ismli insayder ma'lum qildi.
Avvalroq kompaniya yangi gadjetini 2020 yil bahorida çiqarişni rejalaştirayotgani ma'lum qilingan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, yangi iPhone 4,7 dyuymli suyuq kristalli ekran, A13 protsessori, 3 Gb tezkor xotiraga ega böladi. Unda bor-yöği bitta kamera böladi.
Qolgan 4 ta yangi model kompaniyaning an'anaviy kuzgi taqdimotida namoyiş qilinadi. iPhone 12 modeli 5,4 dyuymli, 12 Pro va 12 Plus variantlari 6,1 dyuymli ekranlar oladi.
Ma'lum qilinişiça, iPhone 12 Plus modeli 6 Gb tezkor xotira va uçta kamera bilan jihozlanadi.
Şuningdek, 6,7 dyuymli displeyga ega iPhone 12 Pro Max modeli taqdim qilinadi.
Bundan taşqari, yangi iPhone’lar OLED-ekranlar bilan jihozlanadi va 5G tarmoqlarni qöllab-quvvatlay oladi.











