Bugun 7 dekabr kuni «Özbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bağişlangan tantanali yiğiliş bölib ötdi.
Prezident öz nutqida Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erişişda jamoatçilik nazoratidan köra samarali vosita yöqligiga urğu berdi.
«Xalqimiz qonun buzilişiga qarşi qattiq turmas ekan, davlat idoralari, mansabdor şaxslar qançalik urinmasin, qonun ustuvorligini ta'minlaş qiyin böladi.
Bugun jamoatçiligimiz tom ma'noda uyğondi, endi turli lavozimdagi şaxslarning xatti-harakatlariga odamlarimiz bevosita baho berib, öz fikrini erkin ifoda etişga örganmoqda.
Yakunlanayotgan yilda Davlat budjeti ilk bor keng muhokama etilib, oçiqlik va oşkoralik ruhida qabul qilindi. Unda turli vazirlik va idoralar har bir sömni nimaga va qanday xarajat qilişi aniq körsatib berildi.
Fuqarolarimiz va deputatlarimiz bildirgan fikrlar asosida maktablarga mebel va kompyuterlar xarid qiliş uçun budjet xarajatlarini qisqartiriş hisobidan 50 milliard söm qöşimça mablağ ajratildi. Bunday ijobiy holat bizning tajribamizda birinçi marta yuz berayotganini alohida qayd etiş lozim.
Yoki köpçiligingiz xabardorsiz, keyingi paytda joylarda daraxtlarni ommaviy ravişda kesiş kuçayib ketgan edi. Bu odamlarning noroziligiga sabab böldi. Şuning uçun yaqinda daraxtlarni sababsiz kesişga qarşi moratoriy e'lon qilindi. Bu ham jamoatçilik fikri qanday kuçli ta'sirga ega ekaniga misol böla oladi.
Bularning bari odamlarimizning ijtimoiy jarayonlarga nisbatan mas'uliyat va daxldorlik hissi oşib borayotganini körsatadi.
Ayni vaqtda jamoatçilik nazorati «bir tomonlama vosita»ga aylanib qolmasligi kerak.
Davlat idoralari faqat fuqarolarga emas, balki özlariga nisbatan tanqidiy fikrlarni ham adolat bilan, xolis körib çiqişlari lozim. Şahar va qişloqlarimiz qiyofasini özgartiriş, quriliş va obodonçilikka oid qarorlar, dastlab öşa hududdagi aholi örtasida muhokama qilinib, jamoatçilik ekspertizasidan ötkazilişi şart.
Yana bir masalaga diqqatingizni jalb qilmoqçiman.
Konstitutsiyaga asosan sudlar öz faoliyatida mustaqil, lekin ularning çinakam nazoratçisi xalq bölişi kerak.

















