Har bir davlat öz iqtisodiy salohiyatini oşiriş, xalqining turmuş darajasini yuksaltiriş haqida öylaydi. Mamlakatning jahon hamjamiyatidagi örni mustahkamlanişi, jadal taraqqiy etişi, sohalar rivoji ta'minlanişi, aholining ertangi kunga işonçi ortişi bevosita ana şu omillarga boğliqdir.

Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan körsatilgan deputatlikka nomzodlarning aholi turmuş farovonligini oşiriş, ijtimoiy muhofazasini kuçaytirişga qaratilgan takliflari köpçilikda katta qiziqiş uyğotmoqda.

Xalq demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatligiga Andijon viloyatidan körsatilgan nomzodlari partiya Saylovoldi dasturi asosida qaysi ijtimoiy masalalarni kötarib çiqmoqda?

Munojatxon Isakova, pedagog, Andijon şahridagi 3-son bolalar musiqa va san'at maktabi direktori, 9-Andijon saylov okrugidan nomzod:

– Partiyamiz jamiyat hayotining barça sohalarida ijtimoiy tenglik tamoyillariga tayaniş kerak, deb hisoblaydi. Şundan kelib çiqib, kam ta'minlangan oilalarning iste'dodli va qobiliyatli farzandlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş zarur. Buning uçun barça imkoniyatlar mavjud. Faqatgina bir qator masalalarni qat'iy körib çiqiş talab etiladi. Xususan, kam ta'minlangan oilalar, ayniqsa, olis qişloqlar aholi punktlarida yaşayotgan yoşlarning sport bilan şuğullanişi va maroqli dam olişi uçun tegişli infratuzilmani rivojlantiriş masalasiga jiddiy e'tibor qaratiş kerak.

Gulnoza Satimova, pedagog, Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Oltinköl tuman kengaşi raisi, 10-Oltinköl saylov okrugidan nomzod:

– Faoliyatim davomida nogironligi bölgan şaxslar bilan köp gaplaşaman. Ular orasida işlaşni, oilasi daromadiga uluş qöşişni istayotganlar oz emas. Ularni qöllab-quvvatlasak, madad bersak, qörqmasdan öz işini boşlaydi. Bundan köpçilik manfaatdor böladi, albatta.

Şundan kelib çiqib, nogironligi bölgan şaxslar öz işini yölga qöyişi, ularning bandligini ta'minlaş uçun qonunçilikda belgilangan kvotalarga qat'iy rioya etilişiga erişiş kerak, deb öylayman.