Parlament quyi palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasining yiğilişi bölib ötda. Unda Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritilgan bir qator qonun loyihalari deputatlar tomonidan muhokama qilindi.

Fraksiya a'zolari ikkinçi öqişga kiritilgan «Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasiga e'tibor qaratdilar.

Soliq kodeksining yangi tahriri soliqlar sonini kamaytirişdan taşqari, soliq tölovçilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişni kuçaytirişga, soliqlarni hisoblaş, tölaş mexanizmini takomillaştiriş, soliqlarning barça elementlarini aniqlaştiriş va tartibga solişga qaratilgan. Soliq tölovçilarga soliq rejimini tanlaş, ularni tölaş tartibi kabi imtiyozlar taqdim etilmoqda.

Soliq kodeksi loyihasiga kiritilayotgan özgarişlar soliq tölovçining huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, mamlakatda işbilarmonlik muhitini yanada yaxşilaş, natijada tadbirkorlik faoliyatining erkinligini ta'minlaşga yordam beradi. Xöjalik yurituvçi sub'yektlarning yalpi içki mahsulotdagi uluşini oşiradi hamda Davlat budjetining daromad qismining oşişiga ijobiy iqtisodiy ta'sir körsatadi.

Bu iqtisodiyot va xöjalik sub'yektlari uçun soliq yukini yanada kamaytiriş, soliq stavkalarining uzoq muddat özgarmasligini kafolatlaş hamda soliq tölovçilarni bu boradagi özgarişlar yuzasidan oldindan xabardor qiliş, şuningdek, tadbirkorlardan soliq majburiyatini töliq bajarişni talab qiliş bilan birga, ularning manfaatlarini himoyalaş hamda «Soliq – 2025» strategiyasini işlab çiqiş muhim ahamiyat kasb etişi ta'kidlab ötildi.

Fraksiya a'zolarining fikriça, korxonalarning öz mablağlari hisobidan amalga oşiriladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsion işlarni soliq imtiyozlari orqali rağbatlantiriş lozim.

Deputatlar qonun taşabbuskorlari hamda mas'ul qömita — Budjet va iqtisodiy islohotlar qömitasi a'zolaridan loyihada nazarda tutilayotgan bir qator normalar va noaniqliklar yuzasidan tuşuntiriş berişni talab qildilar. Muhokamalar natijasida berilgan savollar yuzasidan aniq javoblar olindi hamda yiğiliş yakunida «Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinçi öqişda ma'qullandi.