Qonunçilik palatasining 2019 yil 9 dekabr kuni ötkazilgan navbatdagi majlisida deputatlar bir qator qonun loyihalari bilan birga, ayrim hududlarning çegarasini özgartiş masalalarini muhokama qildilar.
Parlament xabariga köra, majlisda xalq vakillari «Surxondaryo viloyati Termiz tumanining çegarasini özgartiriş, Termiz şahrining çegarasini kengaytiriş va tasdiqlaş töğrisida»gi masalani körib çiqdilar.
Uşbu loyiha Özbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 17-18 oktabr kunlari Surxondaryo viloyatiga taşrifi davomida berilgan topşiriqlarga muvofiq işlab çiqilgan. Bundan közlangan asosiy maqsad, tasdiqlangan boş reja asosida Termiz şahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, istiqbolli rejalarini belgilaş, aholining uy-joyga bölgan ehtiyojini qondiriş, hudud infratuzilmasini yaratiş, şuningdek, yangi hududda belgilangan talablar doirasida ijtimoiy soha, maişiy xizmat körsatiş obektlari qurilişini taşkil etiş hamda şu orqali yangi iş örinlari yaratiş, budjetga tuşumlarni köpaytirişdan iborat.
Nazarda tutilayotgan özgarişlarga köra, Surxondaryo viloyati Termiz tumani hududidagi «Manguzar», «Çegara», «Pattakesar», «Tinçlik», «Alişer Navoiy», «Kokildor ota» mahalla fuqarolar yiğinlari hududlari töliq, «Nurli diyor» va «Namuna» mahalla fuqarolar yiğinlari hududlarining bir qismi (umumiy yer maydoni 1 561 gektar) Termiz şahri tarkibiga ötkaziladi.
Deputatlarning qayd etişiça, bu özgarişlar hududda aholi uçun ijtimoiy-maişiy qulayliklar yaratiş bilan birga, Termiz şahar va Termiz tumanini iqtisodiy jihatdan boşqarişda hamda aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.












