2019 yilning 11-13 dekabr kunlari Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi delegatsiya Italiya Respublikasiga taşrif buyuradi.
Taşrif dasturiga köra, Rim şahrida taşqi işlar va xalqaro hamkorlik vaziri Luiji Di Mayo va boşqa rasmiy şaxslar bilan uçraşuvlar ötkaziş va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qiliş közda tutilgan.
Taşrif doirasida Vatikanda böliş va arxiyepiskop Pol Riçard Gallaxer bilan muzokaralar ötkaziş rejalaştirilgan.
Italiyada böliş çoğida Özbekiston delegatsiyasi «Italiya – Markaziy Osiyo: özaro tuşuniş, hamkorlik va şeriklikni mustahkamlaş» xalqaro konferensiyasida iştirok etadi, deyiladi Taşqi işlar vazirligi ma'lumotida.












