Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parlament saylovlarini kuzatib borish uchun 168 nafar xalqaro kuzatuvchi akkreditatsiyadan o‘tkazildi
2019 yilning 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlarning deputatlari saylovida qatnashish uchun shu paytgacha Markaziy saylov komissiyasi (MSK) tomonidan 168 nafar xalqaro kuzatuvchi akkreditatsiyadan o‘tkazilgan. Bu haqda 10 dekabr kuni Xalqaro matbuot markazida bo‘lib o‘tgan MSKning navbatdagi majlisida ma'lum qilindi.

«Bugungi kungacha Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 168 nafar xalqaro kuzatuvchi akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Hozirda O‘zbekistonda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi kuzatuvchilari missiyalari o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda. Shuningdek, , YeXHT parlamentlararo assambleyasi saylovlarga o‘z kuzatuvchilarini yuborishini tasdiqlagan. «O‘zbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq Tashqi ishlar vazirligi tomonidan kiritilgan navbatdagi taqdimnomada ShHT kuzatuvchilari missiyasining 18 nafarining hujjatlari taqdim qilindi. Mazkur kuzatuvchilarning 7 nafari ShHT kotibiyatining, 7 nafari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiya federatsiyalari markaziy saylov komissiyalarining, 2 nafari Pokiston va Xitoy tashqi ishlar vazirligi va 2 nafari RF parlamenti vakillaridir. Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha jarayonlar davom etmoqda», deya MSKning doimiy asosda ishlovchi a'zosi Gulnoza Rahimovaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Majlisda komissiya a'zolari ShHT kuzatuvchilari missiyasining 18 nafar a'zosini xalqaro kuzatuvchi sifatida ro‘yxatga olish bo‘yicha qaror qabul qildi.
Tadbirda 12 nafar mahalliy va xorijiy jurnalistlar, jumladan, «Uzlife» nodavlat axborot agentligi, Hindistonning «Outlook» jurnali, Indoneziyaning «Metro TV» telekanali, Malayziyaning «TV Alhijrah» davlat telekanali, Qatarning «Al Jazeera» telekanali jurnalistlari akkredatsiyadan o‘tkazilgani ma'lum qilindi. MSK a'zosi Feruzaxon Ahmedovaning bildirishicha, hozirgi kunga qadar 267 nafar mahalliy, 125 nafar xorijiy OAV vakillari ro‘yxatga olingan.
Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Mahmud Istamovga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlarning deputatlari saylovida 54ta davlatdan 350 nafar, xalqaro tashkilotlardan 300ga yaqin, jami 600dan ko‘proq xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
11:58 / 12.02.2026
Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarlarni inkor qildi
19:02 / 11.02.2026
AQSh Kiyevdan bahorda prezidentlik saylovlari va referendum o‘tkazishni talab qilmoqda
16:06 / 09.02.2026