AQŞ prezidenti Donald Tramp va Xitoy raisi Si Tszinpin Time jurnali tahririyatining “Yil odami” unvoniga da'vogarlarning yakuniy röyxatiga kirdi. Bu haqda NBC telekanali xabar berdi.
Tramp uşbu nomga 4-marta da'vogarlik qilmoqda, u 2016 yilda uşbu nomga sazovor bölgan.
Yakuniy röyxat 10 kişidan iborat bölib, unga Trampning şaxsiy advokati Rudolf Juliani, AQŞ kongressi quyi palatasi spikeri Nensi Pelosi, Facebook rahbari Mark Tsukerberg, şvetsiyalik 16 yoşli ekofaol Greta Tunberg, Yangi Zelandiya boş vaziri Jasinda Ardern, futbol böyiça AQŞ ayollar terma jamoasi a'zosi Megan Rapino kirgan. Şuningdek, röyxatga Hongkongda hukumatga qarşi çiqayotgan namoyişçilar kiritilgan.
Jurnal tahririyati “Yil odami”ni 11 dekabrda e'lon qilişi kutilmoqda. Unvonga loyiq topilgan odam surati jurnal muqovasida joylaştiriladi. Uşbu unvonni beriş uçun aniq mezonlar yöq, u yil davomida jamiyatga, xoh salbiy, xoh ijobiy bölsin, eng katta ta'sir körsatgan odamga beriladi.
Amerikalik uçuvçi Çarlz Lindberg tarixda birinçi bölib Atlantika okeani ustidan uçib ötgani uçun 1927 yilda uşbu unvonning birinçi sohibiga aylangan.
Unvonning berilişi tarixi davomida 70 ga yaqin siyosiy va jamoat arbobi unga loyiq topilgan. Öz vaqtida u Maxatma Gandi (1930), Iosif Stalin (1939, 1942), Uinston Çerçill (1940, 1949), Yelizaveta II (1952), Nikita Xruşçev (1957), Şarl de Goll (1958), Martin Lyuter King (1963), Genri Kissinjyer (1972), oyatulloh Ruhalloh Homayniy (1979), Lex Valensa (1981), Yuriy Andropov va Ronald Reygan (1983), Mixail Gorbaçev (1987, 1989), Ioann Pavel II (1994) va Vladimir Putinga (2007) berilgan.
Şuningdek, Jyerald Forddan taşqari, Franklin Ruzveltdan boşlab AQŞning barça prezidentlari uşbu nomga sazovor bölgan. Ruzveltning özi esa “Yil odami”ga 3 marta (1932, 1934 va 1941) loyiq topilgan tarixdagi yagona inson hisoblanadi.

















