Loran Belgiyaning Ostend şahrida tuğilgan bölib, 6 yoşida yuqori sinflarga öqişga qabul qilinib, bir yildan keyin öqiş bilan parallel ravişda Amsterdam universiteti tibbiyot markazida işlay boşlagan. U 8 yoşida matematika fanlari ixtisosligi böyiça örta ta'limni bitirganlik töğrisidagi diplomni olgan.

2019 yil martida bolakay 9 yoşida Eyndxoven universitetining elektr texnika fakultetiga öqişga qabul qilingan va odatdagi 3 yil örniga yarim yil içida bakalavr işini yozişga muvaffaq bölgan.

Yoş vunderkind bakalavr diplomini 26 dekabrgaça, ya'ni 10 yoşga tölgunga qadar himoya qilişi rejalaştirilgandi. Bu vaziyatda u 10 yoşida Alabama universitetining bitiruvçisi bölişga muvaffaq bölgan Maykl Karnidan oliy ta'lim muassasasi diplomining eng yoş sohibi nomini tortib olardi.

Biroq oxirgi pallada universitet rahbariyati Loran zöriqişi mumkinligi sababli tuğilgan kunigaça öqişni bitirişi noreal degan qarorga kelib, bolaning ota-onasi bilan bu borada kelişolmay qolgan. “Loranning ota-onasi biz taklif qilgan öqiş jadvaliga rozi bölmadi va biz bundan afsusdamiz”, deb ma'lum qilgan universitet rahbariyati.

Natijada Loranning ota-onasi uning hujjatlarini universitetdan olişga qaror qilgan.

Loranning özi esa instagramda universitet rahbariyati jamoatçilikni çalğitişga urinayotganini yozgan. “Universitet matbuotda yil oxirigaça öqişni bitirişimni aytgandi. Endi bölsa, bu 2020 yil örtalarida yuz berişini ta'kidlamoqda! Nahotki Eyndxoven universiteti barçani aldamoqçi bölsa?”, deb yozgan yoş vunderkind.