Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Afg‘onistondagi harbiy bazasi yaqinida portlash yuz berdi
Foto: EPA/Vostock-photo
Afg‘onistonning Bagram uyezdida joylashgan AQSh aviabazasi yaqinida portlovchi qurilma joylashtirilgan avtomobil portladi. Bu haqda Pajhwok agentligi xabar berdi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, tinch aholi orasida jabrlanganlar bor.
Qayd etilishicha, portlash sodir bo‘lgan joy yaqinida shuningdek, kasalxona va maktab ham joylashgan.
Agentlik dastlab hujumdan maqsad NATO konvoyi bo‘lganini xabar qilgandi. Keyinroq bu xabar rad etildi.
O‘z navbatida Tolo News telekanali portlashdan so‘ng xorijlik harbiylar va hujum qilganlar o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lganini xabar qilmoqda.
Mavzuga oid
18:21
O‘zbekiston – Afg‘oniston ishbilarmonlar kengashi tashkil etildi
09:00 / 26.03.2026
Amudaryoda qayiqda suzib o‘tgan narkokurer 10 kg gashish bilan ushlandi
13:25 / 25.03.2026
O‘zbekiston–Afg‘oniston chegarasidagi qamishzorlar rejali ravishda yoqilmoqda
11:28 / 24.03.2026