Andijon viloyati, Asaka tumani, Axtaçi sanoat hududidagi «Raşk Milk» korxonasiga qaraşli sement zavodini Xöjaobod tumani hududiga köçiriş harakati boşlab yuborilgan. May oyidan quriliş işlariga kirişildi. Viloyat hokimligi yordami bilan Xöjaobodda yangi zavod quriş uçun 40 gektar yer maydoni ajratib berildi. Ayni paytgaça bu yerda sanoat binolari, 450 örinli yotoqxona, 200 örinli oşxona barpo etildi. 

«Quriliş işlariga hozirda 100dan ortiq texnika vositalari jalb etilgan. 

«Raş Milk» korxonasi 2003 yilda taşkil etilgan bölib, dastavval sut mahsulotlari işlab çiqariş bilan şuğullangan. 2008 yilda esa quriliş materiallari bozoriga kirib borgan. Öşa kezlarda temir yölga va tegişli kommunikatsiya tizimlariga yaqin joyda bölsin deb aynan Axtaçida korxona tomonidan sement zavodi barpo etilgan edi. Lekin hozirgi kunga kelib şaharga yaqin joyda bunday korxonalarning faoliyat yuritişi, avvalo, ekologik nuqtayi nazardan tegişli me'yorlarga töğri kelmay qolmoqda. Şu bois «Raş Milk» rahbariyati Axtaçidagi zavodni qariyb 50 kilometr uzoqroqqa köçirişga qaror qildi.

«Loyiha smetasiga köra, yangi zavodni bunyod etiş uçun 110 million AQŞ dollari miqdorida mablağ işlatiladi. Viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov bizni har tomonlama qöllab-quvvatlamoqda. «Xalq banki» esa 30 million dollar miqdorida kredit mablağini ajratişi loyihalaştirilgan. Xarajatning qolgan qismini özimiz qoplaymiz. Ya'ni, Axtaçidagi mavjud resurslar va ta'sisçi sifatida röyxatga kiritilgan korxonalarimiz hisobidan 60 million dollarni özimiz topamiz. Qolgan 20 million dollarni Xitoydan kelgan investorlar olib kirişadi. Lekin ular ta'sisçilar qatoridan joy olişmaydi», deydi MÇJ rahbari Ahliddin Zokirov.

Şuni ta'kidlaş kerakki, yangi zavod aynan xitoyliklarning bevosita iştirokida qad rostlayapti. 2020 yilda bu yerda 450 nafar xitoylik quruvçi mehnat qiladi. 

Şuningdek, 250 nafar mahalliy işçilar ham quriliş işlariga jalb etiladi. 2020 yil oxiriga borib zavod işga tuşgan paytda 800 kişi iş bilan ta'minlanadi.