Özbekistonda atrof-muhitga ta’sir körsatiş böyiça I va II toifaga mansub sanoat korxonalari 2026 yil 1 martga qadar öz hududlarida fon monitoring stansiyalarini örnatişi va ularni Ekologik monitoring milliy markaziga integratsiya qilişi kerak.

Bu topşiriq – Ekologiya qömitasi faoliyatini taşkil etiş böyiça prezident qarorida belgilandi.

Qarorga asosan, yuqoridagi topşiriqni öz vaqtida bajarmagan korxonalarga nisbatan kompensatsiya tölovlari 5 baravarga oşiriladi.

Atrof-muhitga ta’sir körsatiş böyiça I toifa (yuqori darajada xavfli) va II toifa (örtaça darajada xavfli)ga mansub sanoat korxonalari qatoriga, jumladan, sement zavodlari, kimyo komplekslari, elektr stansiyalari, metallurgiya, maşinasozlik, asbest, neft-gaz, kon-boyitiş va teri-könçilik korxonalari kiradi.

Qaror bilan, şuningdek, tabiatga zarar yetkazganlik uçun kompensatsiya tölovlaridan imtiyoz olgan sub’yektlarning barçasi bu imtiyozidan mahrum qilindi.

Bundan taşqari, 2026 yil 1 sentabrga qadar yagona ekologik onlayn platforma faoliyati yölga qöyilişi kutilmoqda.