Siyosiy partiyalar vakillari iştirokida suratga olinayotgan «Demokratik debat» tok-şousining 10 dekabr kungi sonida Içki va taşqi migratsiya, xususan, mehnat muhofazasi, huquqiy himoya va migrantlarning pensiya ta'minoti masalalari muhokama qilindi.
Unda Xalq demokratik partiyasi vakili sifatida sözga çiqqan Boymurod Yusupov Özbekistonda ötgan davrda fuqarolarga yaratilgan iş örinlari borasida yolğon hisobotlar avj olgani haqida gapirdi. Jumladan, «Har yili millionlab iş örni yaratiş – bu noreal körsatkiç, lekin şunday bölar edi-ku. Hisobotlarda ham bu narsa aytilardi», dedi u.
Debat davomida Boymurod Yusupovga ÖzLiDeP partiyasi vakili Nuriddin Murodov tomonidan xöş, yolğon hisobotlar avj olgan ekan, siz bunga qarşi nega kuraşmadingiz mazmunida savol berildi.
Savolga Xalq demokratik partiyasining boşqa bir vakili, senator Maqsuda Vorisova javob berdi.
«Kuraşganmiz, tekşiruvlar ötkazganmiz. Masalan, 2013-14 yillarda ham birinçi prezidentimiz Islom Karimovga millionlab iş örinlari yaratilgani haqida soxta axborotlar kirardi. Tuşunyapsizmi, yiliga millionlab.
Bunda yaratilgan iş örinlari borasidagi raportlar Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qiliş vazirligi va yana ayrim şaxslar tomonidan tayyorlanardi.
Bizning öşa vaqtdagi spikerimiz Boymurod Yusupov Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga borib kollejlar va ularni bitirgan yoşlarning işga joylaşişi borasida korxonalarda tekşiruv ötkazgan. Tabiiyki, natijalar juda katta yolğonlarni oçib taşlagan.
Biz natijalarni katta bosim, tavakkal bilan «boşimizni kundaga qöyib» prezidentga yetkazdik. Şu ma'lumotlar asosida birinçi prezident köpçilikka çora kördi, yolğon hisobotlar ham yöqotildi», deya Maqsuda Vorisovaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

















