Özbekistonning Vladivostok şahridagi (Rossiya) boş konsulxonasi ma'lumotiga köra, 2019 yil 6 dekabr kuni Artyom şahri (Primore ölkasi) şifoxonasida Özbekiston fuqarosi B.Ğ. yurak yetişmovçiligidan vafot etdi.
Taşqi işlar vazirligi ma'lumotiga köra, u uşbu hududda 2015 yildan buyon qonuniy asosda işlab va yaşab kelayotgan edi.
Boş konsulxona Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva şahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning jasadini vatanga yuboriş bilan boğliq konsullik-huquqiy va boşqa masalalar bilan şuğullanmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan hamda eslatib ötişiça, Rossiyaning Uzoq şarq federal okrugi (Amur oblasti, Kamçatka ölkasi, Magadan oblasti, Primore ölkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin oblasti, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk ölkasi, Çukotka avtonom okrugi) hududida joylaşgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Vladivostok şahridagi boş konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilişlari mumkin: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.
Bundan oldin, Rossiyadagi konda sodir bölgan yonğin oqibatida 3 nafar özbekistonlik halok bölgandi.












