Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klub sessiyasi bölib ötmoqda. Unda sud-huquq sohasidagi özgarişlar muhokama qilinyapti.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakillik (Ombudsman) kotibiyati vakili Saidbek Azimovning aytişiça, mamlakatda «Qora röyxat» umuman yöq qilingan.

«Bizda «Qora röyxat» umuman yöq qilindi. Har bir şaxs özining e'tiqod huquqiga ega», - dedi u.

Öz navbatida, adliya vaziri örinbosari Akbar Toşqulov fuqarolarning Özbekiston doirasida harakatlanişi bilan boğliq taqiqlar olib taşlanganini eslatib ötdi.

Bundan oldin, Ombudsman kotibiyati vakili oldin axloq tuzatiş koloniyalarida yuzaki nazorat olib borilganini aytib ötgandi.