Sayyoramizni iqlim falokatidan qutqarişning bahosi ma'lum qilindi. Bu haqda Euler Hermes suğurta kompaniyasi tadqiqotida aytilgan.
Tahlilçilarning hisob-kitoblariga köra, sayyoramizda iqlim özgarişining oldini oliş çoralari jahon iqtisodiyotiga 2,5 trln dollarga aylanişi mumkin.
Birinçi navbatda, bu energetika tarmoğini qamrab oladi. Bu sohada iqtisodiy siyosatni qayta körib çiqiş xarajatlari 900 mlrd dollarga yaqinni taşkil qiladi.
Şuningdek, pölat işlab çiqarişga 300 mlrd dollar hamda havo va dengiz transportiga 55 mlrd dollar talab etiladi.
Ta'kidlanişiça, Yevropa Ittifoqi iqlim özgarişiga qarşi kuraşni hisobga olgan holda öz iqtisodiyotini tubdan qayta körib çiqişga tayyorlanmoqda. Xususan. Yevropada 2050 yilgaça atmosferaga issiqxona gazlari çiqarilişiga çek qöyilmoqçi. Bunga erişiş uçun esa iqtisodiy siyosatni özgartiriş va “yaşil” sarmoyalar hajmini oşiriş zarur böladi.
Bundan taşqari, yevropaliklar 5 yil davomida iqlimni yaxşilaşga trillion dollar yönaltirişni rejalaştirmoqdalar.
Mutaxassislarning fikriça, agar issiqxona gazlari çiqarilişi hajmi kamaymasa, unda buning oqibatida yuz beradigan iqlim özgarişi XXI asr oxiriga kelib tabiiy ofatlar sonining hozirgi davrdagiga nisbatan 3 marta köpayişiga olib keladi. Şuningdek, yirik toşqinlar soni oşadi.












