AQŞning The National Interest jurnali eng kuçli flotlarga ega davlatlarni sanab ötdi. 

Reyting mualliflarining talqiniça, eng kuçli flotlar reytingining eng yuqori poğonasini AQŞ floti egallamoqda. Ta'kidlanişiça, u eng köp sondagi kemalar va eng katta javobgarlik hududiga ega. “Birorta boşqa harbiy-dengiz floti AQŞ harbiy-dengiz kuçlari kabi bunday katta qamrovga ega emas. Bu flot Tinç, Atlantika va Hind okeanlarida, Örta yer dengizi, Fors körfazi va Afrika şoxida muntazam faoliyat olib boradi”, deyilgan maqolada.   

Jurnalistlarning ta'kidlaşiça, AQŞ floti 288 ta jangovar kema, jumladan 10 ta aviataşuvçi kema, 9 ta desant kemasi, 22 ta kreyser, 62 ta esminets, 17 ta fregat va 72 ta suv osti kemasiga ega.

2-örinni Xitoy floti egallagan. Ta'kidlanişiça, uşbu flot oxirgi 25 yil içida katta yölni bosib ötib, hozirda bitta aviataşuvçi kema, 25 ta esminets, 42 ta fregat, 3 ta desant kemasi, 8 ta yadro quroli taşiy oladigan va 50 taga yaqin noyadroviy qurolga ega suv osti kemasidan iborat. 

The National Interest talqiniça, Rossiya floti kuçliligi böyiça 3-örinda turadi. Maqolada ta'kidlanişiça, Rossiya harbiy-dengiz kuçlari sobiq ittifoq kemalarining katta qismini meros qilib olgan, biroq qurollanişga muntazam ravişda yangi texnika kelmoqda. Jurnalistlarning hisob-kitobiga köra, Rossiya flotida 79 ta jangovar kema, jumladan bitta aviataşuvçi kema, 13 ta esminets, 5 ta kreyser va 52 ta suv osti kemasi hamda bir neça önlab desant kemasi bor. 

4-örinni Britaniya qirollik harbiy-dengiz floti egallagan. Unda 19 fregat va esminets, 3 ta yirik desant kemasi, qanotli raketa va torpedolarga ega 7 ta suv osti kemasi, ballistik raketali 4 ta atom suv osti kemasi bor. Uşbu flot tez orada 2 ta aviataşuvçi kemani qurollanişga olib, öz imkoniyatlarini yanada kuçaytirişi mumkin.

Beştalikning sönggi örnini Yaponiya floti 114 ta kema bilan egallagan. Unda 46 ta esminets, 16 ta suv kemasi va boşqa turdagi jangovar kemalar bor.