Yevroittifoq davlatlari va hukumatlari rahbarlari 12-13 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan sammitda Rossiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarni yana yarim yilga uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bu haqda jurnalistlarga YeI vakili ma'lum qildi.

«Rossiyaga qarshi sanksiyalar Minsk kelishuvlari bajarilishi bilan bog‘liqligini bilasizlar. Sammit cheklov choralarini yana yarim yilga uzaytirishga kelishishi kutilmoqda», - dedi u.

Bundan tashqari, davlatlar rahbarlari Rossiya bilan munosabatlarni ham muhokama qiladi.

«Davlatlar va hukumatlar rahbarlari YeI va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni muhokama qilishi kutilmoqda», - deya qayd etdi u.