AQŞning SNBC telekanalida Özbekistonga bağişlangan 6 ta hujjatli film namoyişi boşlandi. Namoyiş 8 dekabrdan boşlangan.
Filmlar Özbekistonda oxirgi yillarda turli sohalarda amalga oşirilayotgan islohotlardan tortib Özbekiston-Afğoniston munosabatlaridagi ijobiy özgarişlar tahliligaça bölgan turli mavzularga bağişlangan.
Filmlar amerikalik taniqli jurnalist va boşlovçi Rayan Çilkot tomonidan suratga olingan. U bu maqsadda Özbekistonga uç marta, Afğonistonga bir marta kelgan.
Yana uçta film CNBC uçun hujjatli filmlar suratga oliş bilan şuğullanuvçi Imotus britan kinokompaniyasi tomonidan tayyorlangan.
“Özbekistonlik hamkorlar – EOAVMA va “Özbekkino” bilan birgalikda yaratilgan hujjatli filmlar xalqaro hamjamiyatda katta ijobiy rezonans uyğotişi va yangi Özbekiston, jumladan Markaziy Osiyodagi katta kölamli özgarişlar haqida dunyoga sözlay olişiga umid qilamiz”, deb aytgan Belgrave kompaniyasining xalqaro kommunikatsiyalar böyiça maslahatçisi Fred Xarrison.
Uning aytişiça, bu filmlar “xalqaro auditoriyaga haqiqiy Özbekistonni namoyon qiladi”.
Öz navbatida, “Özbekkino” boş direktori Firdavs Abduholiqov Özbekistonda yuz berayotgan katta kölamli va muhim özgarişlar xorijda tan olinayotgani va bu xursand qilişini aytgan.












