Şu kunlarda mamlakatimizning har bir hududida saylovoldi tarğibot işlari qizğin davom etmoqda. Özbekiston Xalq demokratik partiyasi ham saylovda faol va munosib iştirok etişga harakat qilmoqda. Saylovçilar, elektorat vakillari bilan ötkazilayotgan uçraşuvlarda partiyadan körsatilgan deputatlikka nomzodlarning saylovoldi dasturini, unda belgilangan ustuvor masalalarni jamoatçilikka yetkaziş, ularning hayotiy ahamiyatini oçib berişga alohida e'tibor berilmoqda.
Namangan viloyatidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga körsatilgan deputatlikka nomzodlar ilgari surayotgan takliflar partiyamiz dasturiy ğoyalarga asoslangan bölib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bilan boğliq köplab masalalarni öz içiga olgan.
Akmaljon Umurzoqov, şifokor, Namangan viloyati salomatlikni qayta tiklaş şifoxonasi boş şifokori, 43-Döstlik saylov okrugidan nomzod:
– Biz pensionerlar, nogironligi bölgan şaxslar, kam ta'minlangan oilalar, “Muruvvat”, “Saxovat” va “Mehribonlik” uylarida yaşovçilar, aholining boşqa zaif qatlamlariga tibbiy xizmat körsatiş, ularni dori vositalari va tibbiy maqsadlar uçun möljallangan buyumlar bilan ta'minlaş, şuningdek, ijtimoiy dorixonalar tarmoğining rivojlanişi va faoliyati ustidan qat'iy nazorat olib borişni rejalaştirdik. Biz jamiyatning har bir a'zosiga salomatligini mustahkamlaş uçun teng imkoniyatlar yaratiş tarafdorimiz!
Sardorbek Azizov, huquqşunos, Namangan viloyati Adliya boşqarmasining huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlaştiriş bölimi boşliği, 44-Sardoba saylov okrugidan nomzod:
– Özbekiston Xalq demokratik partiyasi mamlakatda ijtimoiy demokratiya tizimini şakllantiriş tarafdori. Bu aholining barça, jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uçun davlat, jamiyat va sud-huquq sohalarida tenglikni ta'minlaş demakdir. Şundan kelib çiqib, aholining kam ta'minlagan qatlamlari uçun huquqiy yordam va xizmat körsatiş böyiça ijtimoiy maqbul bölgan tizim yaratiş, şu maqsadda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul maslahatlar beradigan “yuridik klinika”lar tarmoğini rivojlantiriş taşabbusi bilan çiqmoqçimiz.
Mavzuga oid
Mariya Tyan, pedagog, Namangan tumani xalq ta'limi bölimiga qaraşli “Barkamol avlod” bolalar markazi direktori, 45-Toşbuloq saylov okrugidan nomzod:
– Biz kam ta'minlangan oilalarning iste'dodli va qobiliyatli farzandlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş, xususan, nogironligi bölgan bolalarni qöllab-quvvatlaşni yanada kengaytiriş uçun yetarli imkoniyatlar mavjud, deb hisoblaymiz. Olis qişloq aholi punktlaridagi madaniyat muassasalari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, musiqa va san'at maktablarini rivojlantirişni moliyalaştiriş uçun budjet harajatlarini oşiriş taklifini ilgari suryapmiz.
Anvarxon Temirov, iqtisodçi, “Zarafşon tekstil” mas'uliyati çeklangan jamiyati direktori, 46-Kosonsoy saylov okrugidan nomzod:
– Tadbirkorlik sub'yektlarini örtaça nominal hisoblangan iş haqidan yuqori maoş tölanadigan barqaror iş örinlari yaratişga rağbatlantiriş aholini iş bilan ta'minlaşda muhim ahamiyatga ega. Şundan kelib çiqib, biz iş haqining örtaça hisoblangan nominal miqdoridan past maoş tölaydigan korxona va xususiy tadbirkorlarga qonunda belgilangan soliq imtiyozlarini qöllamaslik, daromadiga esa yuqori stavka böyiça soliq soliş kerak, deb öylaymiz.
Guzalxon Xusanova, pedagog, Pop tumani hokimligining Madaniyat va aholi dam oliş markazi direktori, 47-Pop saylov okrugidan nomzod:
– Oçiğini aytiş kerak,kam ta'minlangan oilalar, ayniqsa, olis qişloqlar aholi punktlarida yaşayotgan yoşlarning sport bilan şuğullanişi va maroqli dam olişi uçun tegişli infratuzilmani rivojlantiriş uçun qilinadigan işlar juda köp. Şu bois, biz aynan şu masalalarda bir qator takliflarni ilgari surdik. E'tiborli yana bir tomoni, mamlakatimizning moddiy va nomoddiy madaniy merosidan aholining kam ta'minlangan qatlamlari bahramand bölişi uçun qulay imkoniyatlar yaratiş lozim.
Gulçexra Kayumova, pedagog, Töraqörğon tumanidagi “Isxoqhon Töra Ibrat” maktabi direktori, 48-Töraqörğon saylov okrugidan nomzod:
– Xotin-qizlar bilan suhbatlaşganda bir narsaga köp guvoh bölamiz. Maktabgaça yoşdagi bola tarbiyasi bilan maşğul ayollarning köpçiligi işlaşni, oilasi daromadiga uluş qöşişni xohlaydi. Şularni inobatga olib,tegişli pedagogik ma'lumotga ega, lekin maktabgaça yoşdagi bola tarbiyasi bilan maşğul bölgani bois işlamaydigan ayollarni maktabgaça ta'lim hududiy organlari tizimida oilaviy maktabgaça ta'lim tarbiyaçisi sifatida uy mehnatini taşkil etiş kerak, deb öylaymiz.
Xatamboy Badalov, şifokor, Namangan viloyat bolalar revmatologiya Beşkapa sanatoriyasi boş vraçi, 49-Uyçi saylov okrugidan nomzod:
– Kasbimdan kelib çiqib, saylovoldi dasturimda tibbiyot sohasida amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalarga alohida e'tibor qaratdim. Mulkçilik şakli va moliyalaştiriş manbalaridan qat'i nazar, barça tibbiyot muassasalarida kam ta'minlangan oilalar, nogironligi bölgan şaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uçun yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlardan foydalangan holda har yili bepul tibbiy körikdan ötkaziş tizimini takomillaştiriş kerak.
Nurdinjon Ismoilov, huquqşunos, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Spikeri, 50-Uçqörğon saylov okrugidan nomzod:
– Bugun parlament nazoratini kuçaytirişni hayotning özi dolzarb masala sifatida ilgari surmoqda. Çunki ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan parlament nazoratining kuçayişi bilan hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş holatini tahlil etiş, belgilangan vazifalar öz vaqtida va lozim darajada bajarilişiga erişiş imkoniyati ortadi. Şunga asosan partiyamiz Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi fraksiyasi orqali parlament nazoratini izçil yölga qöyişni maqsad qilgan. Xususan, nogironligi bölgan şaxslarni qöllab-quvvatlaş, kam ta'minlangan oilalar a'zolari, jumladan, işsizlar, ayollar bandligini ta'minlaş bilan boğliq masalalarda parlament, deputatlik va jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş rejalaştirildi.
Şoxista Turğunova, pedagog, Çortoq tumani Xalq ta'lim bölimi mudiri, 51-Çortoq saylov okrugidan nomzod:
– Ta'limda ijtimoiy tenglikni ta'minlaş mamlakatimizda demokratik jamiyatni şakllantirişning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Şuningdek, partiya davlat-xususiy şeriklik asosida taşkil etiladigan nodavlat ta'lim muassasalarida faqat öziga töq oilalar farzandlari öqiy olişiga yöl qöymaslik maqsadida uşbu ta'lim muassasalaridagi tölov-kontraktning ijtimoiy maqbul miqdorini qonunçilikda belgilab qöyişni taklif etadi.
Nasiba Bozorova, şifokor, Çust tumani tibbiyot birlaşmasi boşliği, 52-Çust saylov okrugidan nomzod:
– Partiyamiz, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, jumladan, nogironligi bölgan şaxslar, nogiron farzandlarini tarbiyalayotgan ota-onalar, ijtimoiy ahvoli oğir bölgan ayollar, farzandlarini töliq bölmagan oilalarda tarbiyalayotgan va yaşaş şaroitlarini yaxşilaşga harakat qilayotgan kam ta'minlangan onalar uçun arzon uy-joylar qurilişi dasturlarini kengaytirişga ham erişadi. Biz bu borada imtiyozli ipoteka kredit beriş amaliyotini takomillaştiriş muhim ahamiyatga ega deb hisoblaymiz. Va biz uy-joy va kommunal xizmatlarning ijtimoiy maqbullik darajasini oşirişga erişmoqçimiz!
Uluğbek Inoyatov, Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi raisi, 53-Yangiqörğon saylov okrugidan nomzod:
– Bozor iqtisodiyoti munosabatlari çuqurlaşgan jamiyatda ijtimoiy himoyaning ahamiyati yuqori bölişi şubhasiz. Buni jahon tajribasi ham isbotlab berdi.
Ijtimoiy himoya tizimidagi köplab muammolarning asosiy sababi pensiya va nafaqalar miqdorini belgilaşda muhim omil bölgan iste'mol savatçasi va yaşaş minimumi me'yorlarining joriy qilinmagani bilan ham boğliq. Aholining munosib hayot darajasini ta'minlaş uçun zarur böladigan yaşaş minimumini belgilaş va iste'mol savatçasi tuşunçasini qonun bilan mustahkamlaş hamda hayotimizga tatbiq etiş, aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş partiyamiz Saylovoldi dasturidagi eng muhim yönalişlardan hisoblanadi.
Isroiljon Xoşimov, moliyaçi, Namangan viloyati Qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliğining iqtisodiy islohotlar masalalari böyiça örinbosari, 54-Norin saylov okrugidan nomzod:
– Partiyamiz işga joylaşişda qiyinçiliklarga duç kelayotgan ayollar, “Mehribonlik uylari” bitiruvçilari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj boşqa qatlamlar uçun işga joylaşiş böyiça huquqiy kafolatlarni oşiriş hamda “Teng iş uçun - teng iş haqi” tamoyiliga qat'iy rioya etilişiga intiladi. Bunda partiya tegişli vazifalar ijrosini ta'minlaydigan demokratik ta'sir mexanizmlarini işga solgan holda nogironligi bölgan şaxslarning bandligini ta'minlaş uçun qonunçilikda belgilangan kvotalarga qat'iy rioya etilişiga erişişni közda tutgan.
Hayotxon Mahmudova, pedagog, Törakörğon tumanidagi 15-maktab direktori, 55-Mingbuloq saylov okrugidan nomzod:
– Kişilarning yaxşi yaşaşi va munosib turmuş şaroitiga ega bölişida kommunal soha rivoji muhim ahamiyatga ega. Şuning uçun partiyamiz Saylovoldi dasturida bu yönalişga ham alohida e'tibor qaratilgan.
Kommunal xizmatlarni amalga oşiruvçi taşkilotlarning işlab çiqariş bilan boğliq bölmagan yöqotişlarini qoplaş maqsadida, narx-navo va tariflar oşirilişi holatlariga yöl qöymaslik uçun ma'lumotlar oçiqligini ta'minlaş hamda kommunal xizmatlar tariflari ustidan jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biri. Asosiy kommunal xizmatlarni yetkazib beruvçilar va ulardan foydalanuvçilarning özaro mas'ulligini oşirişga doir aniq protsessual normalar bilan boyitiş kerak.
Umuman, partiyamizning Saylovoldi dasturida aholi bandligi va real daromadlarini izçil oşirib boriş, oylik maoşlar, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni bosqiçma-bosqiç oşirib boriş, ta'lim va soğliqni saqlaş tizimini takomillaştiriş, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş, arzon uy-joylar barpo etiş, qişloqlarda ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantiriş, yoşlarga oid davlat siyosatini takomillaştiriş ijtimoiy sohani rivojlantirişning ustuvor yönalişlar etib belgilangan.
Saylovçilarni nomzodlarimizga ovoz berişga çaqiramiz!
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi