Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda sholichilik klasterlari tashkil etiladi
“Sholichilikni barqaror rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil hosilidan boshlab sholichilik klasterlari tashkil etiladi.
Bunda, klasterlar birinchi navbatda, iqtisodiy jihatdan barqaror, zarur infratuzilma obektlari, mol-mulk va boshqa vositalarga ega bo‘lgan mahalliy investorlar tomonidan tashkil etiladi.
Klasterlar sholi yetishtirish yoki uni shartnoma asosida sotib olish, saralash, saqlash, qayta ishlash, tayyor mahsulotni ichki va tashqi bozorga yetkazib berishni ta'minlaydi.
Sholichilik klasterlariga belgilangan tartibda 30 yildan 50 yilgacha muddatga yer ajratiladi.
Klasterlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga prezidentning 2019 yil 17 iyundagi farmonida, 22 avgustdagi va 4 apreldagi qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etiladi.
Qaror bilan “O‘zbeksholichilik” uyushmasi tashkil etildi va uyushmaning asosiy vazifalari belgilandi.
Jumladan, uyushma respublikada sholi yetishtirish hajmini ko‘paytirish choralarini ko‘radi, mahsulotni sotish bozorini kengaytirish maqsadida marketing tadqiqotlari olib boradi.
Mavzuga oid
10:45 / 12.05.2026
Fermerlar uchun dizel yonilg‘isi bo‘yicha subsidiya joriy etildi
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
22:47 / 14.01.2026
Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarishning klaster tizimi joriy etiladi
09:42 / 31.12.2025