«Jannat onalar oyoği ostida»dir. Bu gap bejiz aytilmagan. Onalar borki, farzandi uçun jonini beradi. Özi yemay yediradi, kiymay kiydiradi. Hatto ba'zida özini-da unutib qöyadi.
Şunday onalardan biri 39 yoşli Dilorom Mahammatovadir. Dilorom opa salkam 8 yildirki, Rossiyada musofirçilikda mehnat qilib kelmoqda. Ikki farzandini öqitiş, birovdan kam qilmaslik uçun tinmay mehnat qilmoqda. Hayotida juda köplab taqdir sinovlariga uçragan sirdaryolik bu ayol mehnat bilan döst tutingan. Aslida Rossiya va boşqa davlatlarda mana şunday musofir özbek onalari köplab topiladi.
Kun.uz muxbirlari Rossiyaga safari davomida Dilorom opa haqida eşitib, u bilan boğlandi va suhbat qildi.
Bir ona qilişi kerak bölganlarini ortiği bilan qilişga urinayotgan Dilorom opa körgan-keçirganlari, Rossiyada duç kelgan qiyinçiliklari, musofir ayollarga bölgan munosabat va orzu-armonlari haqida hikoya qilib berdi.
«Rossiyaga 2012 yil kelganman»
Birinçi bor Rossiyaga kelganimda muzqaymoq zavodiga işga kirganman. Şundan söng, mana 5 yildirki Moskva Aviatsiya institutida böyoqçi bölib işlayman. Turmuşim bölmaganidan keyin ikki farzandimni öqitiş, uyli-joyli qiliş uçun özim işlayapman.
Rossiyada işlaşni heç kim orzu ham, havas ham qilmasin. Çunki heç qayer vatanga yetmaydi. Hamma bu yerlarda majburlikdan işlaydi. Çunki hayot majbur qiladi.

«Faqat soğinib yaşaymiz»
Rossiyada eng katta qiyinçilik vatan soğinçi, farzandlar, ota-ona soğinçi. Faqat soğinib yaşaymiz. Bu yerda köçada bemalol yura olmaysiz ham. Har qadamda politsiya uşlaydi. Hujjatlaringiz töğri bölsa ham, ba'zi hollarda olib ketişadi. Özim ham bir sutkalab yotib çiqqan vaqtlarim bölgan. Çunki bu yerda mening heç kimim yöq.
«Imkonim bölganda kelmasdim»
Biror joyga işga borganimda kimdir aldaydi, kimdir esa boşi oçiq ayol deb gap otadi. Lekin hammaning öziga boğliq. Agar ayol kişining özida insof bölsa heç kim heç narsa qila olmaydi. Hayotimda şunaqa voqealar ham bölgan. Yoş bolalar gap otadi. Men ularga «sening ham onang, singling bor-ku! Gap otişsa yaxşi körasanmi?» deyman. Tuşungani tuşunadi, tuşunmagani yöq. Agar «unaqa» ayol bölganimda qora mehnat qilmasdim.














