O‘zbekiston | 18:49 / 13.12.2019
5622
2 daqiqa o‘qiladi

«Saylov jarayonlari bilan bog‘liq 41 ta holat prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda» - MSK raisi o‘rinbosari

13 dekabr kuni Xalqaro matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Mahmud Istamov va bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Svetlana Ortiqova ishtirokida jurnalistlar uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.  

Unda 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylov jarayonlariga tayyorgarlik ishlari, shuningdek, saylov kampaniyasi boshlangandan buyon saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha ma'lumot berildi.

Jumladan, «Markaziy saylov komissiyasiga saylov kampaniyasi boshlangan kundan e'tiboran, bugungi kunga qadar 338ta murojaat bo‘lgan. Bu borada eng ko‘p murojaat Surxondaryo va eng kam murojaat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

Kelib tushgan murojaatlarning 86 tasi mahalliy kengash deputatligiga nomzod ko‘rsatish jarayonida noqonuniy aralashuvlar to‘g‘risida bo‘lib, ushbu murojaatlarning 41 tasi qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish uchun prokuratura idoralariga yuborilgan. 45 ta holat esa partiyalarning vakolatiga kirishi bo‘yicha murojaat egalariga tushuntirish berilgan», deya Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Mahmud Istamovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid