«Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi rahbari Alişer Qodirov Uzreport telekanalidagi körsatuvda migratsiya yuzasidan öz fikrlarini bildirdi.
«Özbekiston yaqin 20 yilda öz mehnat resurslarini iş bilan töliq ta'minlaydi desak, bu yolğon gap böladi. Biz özimizni aldayotgan bölamiz. Özbekiston iqtisodiy imkoniyatlarining ösiş sur'atlari hamda mehnat resurslari, aholining köpayiş darajasi bir-biriga mutanosib emas. Dunyoda mehnat resurslarining ortiqçasiga ega bölgan davlatlar bor, Özbekiston şulardan bittasi. Aynan şu nuqtai nazardan kelib çiqqan holatda, biz uşbu masalaga mas'ul bölgan vazirlik va idoralarning işga yondaşuv şaklini tubdan özgartirişimiz kerak. Bugun mehnat resurslarini eksport qilişning samarali tizimi haqida boş qotirişimiz şart.
Bugun buning atrofida juda köp gaplar bölyapti: şaroit yaratiş, ular holidan xabar oliş. Bular masalaga yeçim emas. Biz bugun yaqin atrofdagi mamlakatlarda qanday mehnat resurslariga talab bölişi mumkinligi, ularni qanday şaklda öşa joyga olib borib, şaroitlari, haq-huquqlari ta'minlanadigan holatda işga joylaştirişning samarali tizimi haqida öylaşimiz şart», - dedi u.
Alişer Qodirovning aytişiça, parlamentlar parlamentlararo uçraşuvlarda xorijiy davlatlarda yaşayotgan fuqarolar huquqlarini ta'minlaş masalalarini muhokama qilişi zarur.
«Biz maktabda bolalarni birinçi navbatda özini hurmat qilişga örgatişimiz kerak. Özini hurmat qilgan odam til bilmagan joyga iş qidirib bormaydi, özini hurmat qilgan odam 50 dollarni iqtisod qiliş uçun yonib ketişi aniq bölib turgan avtobusga ötirib, 50 daraja sovuqda yölga çiqmaydi. Aynan şuning uçun biz aytayapmiz: insonni birinçi örinda özini hurmat qilişiga erişişimiz kerak», - dedi Alişer Qodirov.


















