Amerikalik milliarder va ixtiroçi, Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask butun AQŞni sof energiya bilan ta'minlay olişi mumkin bölgan ulkan quyoş fermasini yaratiş mavzusini navbatdagi marta kötardi. U bu boradagi fikrlari bilan tvitterda Microsoft asosçisi Bill Geyts bilan borgan bahs davomida bölişdi. 

Ilonning hisob-kitoblariga köra, AQŞni quyoş energiyasi bilan ta'minlaş uçun Arizona, Yuta, Texas ştatlaridagi çöl hududidagi va umuman har qanday joydagi 100 milga 100 millik “gigaferma” kifoya qiladi. U öz hisob-kitoblarida London universitet kolleji tadqiqotlariga asoslangan. Bu maydon kvadrat kilometrlarda 25900 ni taşkil qilib, taxminan Moskvadek 10 ta şahar maydoniga teng.

Mask energiya işlab çiqariş uçun möljallangan “gigafabrika” haqida ilk bor 2015 yilda söz oçgan. 2017 yilda u bu mavzuga yana qaytib, “gigafabrika” sxemasiga eng katta energiya saqlagiçni qöşgan. Tesla texnologiyalariga asoslangan yeçim yana bir kvadrat mil maydonni egallagan va sizda “haftasiga 7 kun 24 soat energiya” bölardi.  

Öşandan beri kompaniya eng unumdor sanoat batareyalari siğimini 14 marta oşirişga muvaffaq bölgan. London universitet kolleji tadqiqotçisi Endryu Smit 10 ming kvadrat kilometrlik maydonda joylaşgan quyoş fermasidan olinadigan energiyani hisoblab çiqqan. Uning hisob-kitoblariga köra, 500 GVt elektr energiya çiqqan, bu esa AQŞda bir yilda iste'mol qilinadigan energiyadan (425 GVt) ança köproqni taşkil qiladi.   

Popular Mechanics naşri hisob-kitoblariga köra, 10 ming kvadrat kilometrlik maydonni Tesla’ning çidamli va uzoq muddat xizmat qiluvçi quyoş panellari bilan qoplaş uçun 6 trln dollarga yaqin mablağ talab etiladi. Bu esa Yaponiyaning bir yillik yalpi içki mahsulotini taşkil qiladi.  

Maskning bu taklifi iqtisodiy tomondan amalga oşirilişi dargumonligiga qaramay, uning Marsda atmosfera hosil qiliş uçun uning qutblarini yadro zaryadlari bilan bombardimon qiliş taklifi oldida “aqldan ozganlik” borasida “ip eşa olmaydi”.