Jizzaxda ikki nafar sinfdosh avval zo‘ravonga, keyin jabrlanuvchiga aylandi
Jizzax viloyati Arnasoy tumanining «Zarafshon» qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi sinfdoshlar A.P. va U.Q. ichkilik ortidan avval zo‘ravonga, keyin jabrlanuvchiga aylandi.
Postda.uz’ning xabar berishicha, hammasi mast sinfdoshlarning shu qishloqda istiqomat qiluvchi X.J.ni ularning oldiga tez yetib kelishini talab qilishlaridan boshlangan.
X.J. chaqiriqqa e'tibor qilmagan. Sinfdoshlar esa kattalarning gapiga kirmaydigan yigitchani so‘kib, haqorat qila boshlashgan. Achchiqlangan X.J. shu atrofdagi turar joydan oshxona pichog‘ini olib chiqadi va og‘zi shaloq sinfdoshlardan birining chap biqiniga ikki marta, boshqasining yelkasiga bir marta tig‘ uradi.
Jabrlanuvchilar tuman tibbiyot birlashmasining jarrohlik bo‘limiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deyiladi ma'lumotda.
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish bo‘yicha tajriba o‘tkazildi
Fan-texnika | 02:08
-
Trampning Putinga nisbatan sabri tugashni boshladi - Finlandiya prezidenti
Jahon | 01:36
-
Fransiya Janubiy Amerika junglilarida qattiq tartibli qamoqxona quradi
Jahon | 23:27 / 18.05.2025
-
Isroil armiyasi G‘azo sektorida keng ko‘lamli quruqlikdagi harbiy harakatlarni boshladi
Jahon | 23:13 / 18.05.2025
Mavzuga oid

13:07 / 09.07.2024
Qashqadaryoda mast haydovchi YHX inspektorini pichoqlab qochdi. Inspektor vafot etgan

10:40 / 27.05.2024
Marg‘ilondagi oshkora qotillik: bunga nima sabab bo‘lgandi?

10:17 / 18.01.2023
Qashqadaryodagi to‘yda kuyovjo‘rani pichoqlab o‘ldirgan shaxsga hukm o‘qildi

10:49 / 08.06.2022