14 dekabr kuni özi işini boşlagan Senatning 25-yalpi majlisida “Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Qonun ma'qullandi.

Mazkur qonunga köra, soliq yukida bir qator yengilliklar hamda soliq nazoratida soddalaştirişlar kutilmoqda.

Ma'lum qilinişiça, yangi qonunga asosan, soliq yukini kamaytiriş maqsadida qöşilgan qiymat soliğining manfiy summasini tadbirkorga töliqligiça qaytariş közda tutilgan. Şuningdek, ilgari tadbirkorlik sub'yektlari yagona soliq, yagona ijtimoiy tölovni 25 foiz miqdorida tölgan bölsa, endilikda bu 12 foizgaça kamaytiriladi. 

“Ilgari tadbirkor daromad oliş-olmasligidan qat'iy nazar qat'iy belgilangan soliqni tölab kelar edi. Endilikda, u özining soliq rejimini mustaqil tanlay oladi. Ya'ni daromadiga töğri keladigan bölsa, qat'iy soliqni tölaydi. Yoki jismoniy şaxs sifatida topgan daromadini deklaratsiya qilib, undan 12 foizli jismoniy şaxslar soliğini tölaşi mumkin böladi”, − deydi Davlat soliq qömitasi raisi Behzod Musayev.

Soliq qömitasi raisiga köra, soliq turlari 13tadan 9taga kamaytirilişi, soliq nazorati turlari esa 13tadan 2taga qisqartirilişi belgilangan.

“Soliq kodeksiga kiritilayotgan özgartirişlarga muvofiq, tekşirişlar faqatgina tahlika − tahlil prinsipi asosida amalga oşiriladi. Ya'ni soliqdan qoçiş ehtimoli bölgan taşkilot va soliq tölovçilargina tekşiriladi. Yaşil zonadagi soliq tölovçilar tekşirilmaydi. Sariq zonadagilar faqatgina kameral, distansion nazorat qilinadi. Öz faoliyatini yaşirayotgan, hisobot topşirmayotgan, tuşumlarini berkitayotgan taşkilotlar − qizil zonada bölganlargina nazorat qilinadi”, − deydi Behzod Musayev.

Musayevga köra, hozirda qöşilgan qiymat soliğini tölovçi yuridik şaxslar 89 ming nafarni taşkil etib, “qizil zonadagilar” ming nafardan ortmaydi.