Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi konsullik bölimi 11 dekabr kuni Yaroslavl viloyati Ribinsk tumanida joylaşgan “Yaroslavskiy broyler” AJda işlaydigan 75 nafar Özbekiston fuqarolari iş beruvçi bilan örtalarida kelib çiqqan mojaro sabab mazkur korxonadan çiqib ketgani töğrisida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi.

TIV matbuot xizmatining xabar berişiça, elçixonaning konsullik bölimi vaziyatni nazoratga olgan. 

“Ikki tomondan olingan ma'lumotga köra nizo bartaraf etilgan hamda barça işçilar öz vazifalariga qaytgan”, deyiladi xabarda.

Rossiya OAVdagi ma'lumotlarga köra, ular uzoq vaqtdan beri yomon iş şaroiti va maoş kamligidan şikoyat qilib kelişgan. Bu masalada korxona rahbariga murojaat qilişganida ularga yoqmasa işdan ketaverişlari mumkinligi aytilgan.

“Yaroslavskiy broyler” korxonasi işçilarining aytişlariça, özbekistonlik işçilar ikkita avtobus buyurtma qilişgan va ketib qolişgan. Işlab çiqariş töxtab qolmasligi uçun dam oliş kuni bölganlar zudlik bilan zavodga çaqirilgan. Hatto rahbarlar ham oddiy işçilar sifatida işga çiqqan.

Bunday rejimda işlaş heç kimga yoqmagan. Zavoddagilar işçilarni zudlik bilan qaytariş kerakligi haqidagi qarorga kelişgan. 

- Aytişlariça, ularga yetişmayotgan pullari qöşimça tarzda tölangan va endi iş haqi bilan aldamaslikka va'da berişgan, - deya ma'lum qilgan zavod işçilari.