Xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notariuslarning fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş qoidalari tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori loyihasiga köra, Xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notariuslarning fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notarius tomonidan notarial harakatlar natijasida zarar körgan uçinçi şaxslarning mulkiy manfaatlarini suğurta tölovlari orqali himoya qilişni ta'minlaşga qaratilgan.
Xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notarius öz kasbiy majburiyatlarini buzişi oqibatida yetkaziladigan zarardan jismoniy va yuridik şaxslarni himoya qiliş maqsadida özining fuqarolik javobgarligini suğurta qildirişi şart.
Quyidagilar oqibatida xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notariuslarning fuqarolik javobgarligining yuzaga kelişi suğurta hodisasi hisoblanmaydi:
notariusga murojaat qilgan şaxs tomonidan notarial harakat amalga oşiriş bilan boğliq yolğon ma'lumotlar, haqiqiy bölmagan yoki soxta hujjatlar taqdim etilişi;
agar notariusga murojaat qilgan şaxs u amalga oşiriş haqida murojaat qilgan notarial harakat huquq va manfaatlariga ta'sir körsatişi mumkin bölgan boşqa şaxslarning yöqligi yoki mavjudligini bildirmagan bölsa.
Xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notariusning notarial harakatlarni amalga oşiriş natijasida uçinçi şaxslarga yetkazilgan zararni örnini qoplaş böyiça fuqarolik javobgarligi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga kelişi bilan boğliq bölgan mulkiy manfaatlari majburiy suğurta obekti hisoblanadi.
Majburiy suğurta şartnomasi böyiça suğurta puli quyidagi miqdordan kam bölişi mumkin emas:
Toşkent, Nukus şaharlari va viloyat markazlarida xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notarius faoliyatini taşkil etiş uçun uning fuqarolik javobgarligi bazaviy hisoblaş miqdorining kamida bir ming baravari miqdorida;
boşqa aholi punktlarida xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notarius faoliyatini taşkil etiş uçun uning fuqarolik javobgarligi bazaviy hisoblaş miqdorining kamida beş yuz baravari miqdorida.
Xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notarius notarial faoliyatni amalga oşirişda majburiy suğurta şartnomasini tuzişi şart.












