15 dekabr kuni «Demokratik debat»ning navbatdagi sonida iştirok etgan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev prokuraturadan Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyev bilan boğliq navbatdagi şov-şuvli holatga huquqiy baho berişni söradi.
«Biz bu böyiça huquqni muhofaza qiluvçi organlar, xususan Boş prokuratura huquqiy baho berişini söraymiz. Umid qilamizki, ular vaziyat yuzasidan aniq huquqiy baho beradi va tegişli javobgarlik masalasini kerak bölsa kun tartibiga olib çiqadi hamda jamoatçilikni uning natijasidan xabardor qiladi», – dedi deputat.
U hokimga bu safar qanday jazo berilişi haqidagi savolga ham javob qaytardi.
«Nima bilan qutulişi-qutulmasligini hozir ayta olmayman, çunki bu bizning vakolatimizdagi iş emas. Lekin biz umid qilamiz va talab qilamizki, jamoatçilik fikrini hisobga olib, heç kim bunaqa darajada bosim ötkaziş va qörqitişga haqli emas. Jumladan, hokimlar ham.
Qonunlar hamma uçun barobar va xalqning irodasi bilan qabul qilingan. Qonunlarga oyoq qöyişga heç kimning haqqi yöq. Marhamat qilib javob berişi şart», – deya parlament a'zosining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Hozirça huquq organlari holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirgani yöq.
Ijtimoiy tarmoqlarda Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyevning ovozi ekani gumon qilinayotgan yana bir audioyozuv tarqalmoqda.
Audioda ovoz egasi gaz ta'minotidagi muammolardan norozi bir guruh aholi vakillari noyabr oyi oxirida Quva tumanidagi avtomobil yöllaridan birini tösib qöygani haqida gapiradi va uşbu tuman hokimi Ravşan Qurbonovdan bu voqealarni videoga olgan şaxsning «janozasi qaçon öqilişi»ni söraydi.
«Çora köriş emas bu, janozasi öqilsa keyin hisob endi uni», deydi ovoz egasi bu borada çora körilganini aytgan tuman hokimining javobidan qoniqmay.
Farğona viloyati hokimligi matbuot xizmati bu audioni soxta va «pranker» (ovoz öxşatuvçi)lar tomonidan tayyorlangan, deya munosabat bildirdi.
«2 dekabrda aytilgan deb iddao qilinayotgan audio yozuvdagi ovozi öxşatilgan sözlar biron bir selektor yiğilişida Ş.Ğaniyev tomonidan aytilmagan. Ş.Ğaniyev jurnalist yoki blogerlarga nisbatan bosim yoki tazyiq ötkazmagan, Quva tumani hokimiga bu haqda heç qaçon tanbeh bermagan», – deyilgan hokimlik bildirişida.












