Xorazm viloyatining Gurlan tumanida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi nazorat böyiça inspeksiyasi tomonidan ötkazilgan reydda noqonuniy ov qilib yurgan fuqaro aniqlandi.

1979 yilda tuğilgan Q.X. «Hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida»gi qonunning 32-moddasi talablariga rioya qilmasdan, ov qurolidan foydalanib, taqiqlangan muddatda, taqiqlangan hududda ov qiliş maqsadida yurgani, ov qurolini stvolida öqni joylaştirib qöyib, ğilofdan çiqarib, yelkasida osib olgani aniqlanib, holat böyiça tegişli tartibda dalolatnoma rasmiylaştirildi.

Ma'muriy işlar böyiça Gurlan tumani sudining qaroriga asosan, fuqaro Q.X. Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 90-moddasi 4-qismi bilan aybli deb topilib, 446 ming söm jarimaga tortildi. Şuningdek, aşyoviy dalil - 1 dona IJ 18 YoM rusumli, 12 kalibrli, 1 stvolli ov quroli davlat egaligiga ötkazildi.

Kun.Uz muxbiri Nurmuhammad Said