O‘zbekistonda yangi hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?
O‘zgidromet 15—18 dekabr kunlari uchun ob-havo ma'lumotini taqdim etdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5—10 daraja sovuq, kunduzi 15—16 dekabrda 0—5 daraja iliq, 17—18 dekabrda 3—8 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15—16 dekabrda 0—5 daraja sovuq, 17—18 dekabrda 2 daraja sovuq—3 iliq, kunduzi 15—dekabrda 3—8 daraja iliq, 16—17 dekabrda asta—sekin 8—13 daraja iliqqacha ko‘tariladi, 18 dekabrda 5—10 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15—16 dekabrda 0—5 daraja sovuq, 17—18 dekabrda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq kunduzi 15 dekabrda 0—5 daraja iliq, 16—18 dekabrda asta-sekin 8—13 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15—16 dekabrda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, 17—18 dekabrda 2—7 daraja iliq, kunduzi 15 dekabrda 5—10 daraja iliq, 16—18 dekabrda 10—15 daraja iliqgacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5—10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15 dekabrda 2 daraja sovuq—3 daraja iliq, 16—18 dekabrda 0—5 daraja sovuq, kunduzi 15—16 dekabrda 0—5 daraja iliq, 17—18 dekabrda 3—8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 15—16—dekabrda kechasi 5—10 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja sovuq, 17—18 dekabrda kechasi 0—5 daraja sovuqqacha, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Mavzuga oid
10:27 / 13.11.2024
14 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024
Hafta o‘rtalarida O‘zbekistonda kechasi havo harorati noldan pastga tushadi
12:21 / 11.11.2024