Bugun, 16 dekabr dushanba kuni Chempionlar ligasi 1/8 finaliga qur'a tashlash marosimi o‘tkaziladi. Quyida turnirning qur'a marosimi haqida to‘liq ma'lumotlar bilan tanishing.
O‘tgan haftada yakuniga yetgan Chempionlar ligasi guruh bosqichi tarixida ilk marta 1/8 final bosqichda faqat kuchli beshlik chempionatlar klublari qatnashadi.
Angliya: «Manchester Siti», «Tottenhem», «Liverpul», «Chelsi».
Ispaniya: «Real», «Barselona», «Atletiko», «Valensiya».
Italiya: «Yuventus», «Napoli», «Atalanta».
Germaniya: «Bavariya», «Borussiya» (Dortmund), «Leypsig».
Fransiya: PSJ, «Lion».

Qur'a qachon?
Qur'a marosimi bugun, 16 dekabr kuni Shveytsariyaning Non shahrida mahalliy vaqt bilan soat 12:00da, Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi. Qur'adan avval 1/8 finalga chiqqan jamoalar ikki guruhga (saralangan va saralanmagan) ajratiladi.
Saralangan
«Bavariya» (Germaniya, «B» guruhi)
«Barselona» (Ispaniya, «F» guruhi)
«Valensiya» (Ispaniya, «H» guruhi)
«Liverpul» (Angliya, «E» guruhi)
«Manchester Siti» (Angliya, «C» guruhi)
PSJ (Fransiya, «A» guruhi)
«Leypsig» (Germaniya, «G» guruhi)
«Yuventus» (Italiya, «D» guruhi)
Saralanmagan
«Atalanta» (Italiya, «C» guruhi)
«Atletiko» (Ispaniya, «D» guruhi)
«Borussiya» D (Germaniya, «F» guruhi
«Chelsi» (Angliya, «H» guruhi)
















