Toşkent şahridagi «Gulşan» boği hududida klinika quriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar tarqatdi.

Bildirilişiça, hozirgi kunda Toşkent şahridagi aholi soni köpayib borayotganligi sababli tibbiyot xizmatlariga ehtiyoj ham ortib bormoqda. 

«Şuni inobatga olgan holda Toşkent şahrida 100 foiz davlat tasarrufida böladigan 4 ta köp tarmoqli klinika quriş közda tutilgan.  Ular 1-Tibbiyot Akademiyasi, Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji, 2-Tibbiyot Akademiyasi hamda «Gulşan» boği hududlarida barpo etilişi rejalaştirilgan. 

Içki işlar vazirligi tasarrufidagi uşbu boğ hozirgi kunda qarovsiz ahvolga kelgan. Uning hududida köp tarmoqli tibbiyot klinikasi qurilişi barobarida atrofi ham obodonlaştiriladi», - deyiladi ma'lumotda.

Aytilişiça, quriliş-loyiha işlari boğdagi daraxtlarni inobatga olgan holda olib boriladi. Prezident qarori bilan e'lon qilingan moratoriyga zid kelmagan holda katta daraxtlar joyida qolib, kiçik daraxtlar perimetr böylab boşqa joylarga ötkaziladi. Buni amalga oşiriş maqsadida maxsus texnika xarid qilingani ta'kidlanadi.