Umumiy örta ta'lim muassasalarida “Tarbiya” fani bosqiçma-bosqiç amaliyotga joriy qilinadi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegişli qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.

Umumiy örta ta'lim muassasalarida “Odobnoma”, “Vatan tuyğusi”, “Milliy ğoya va ma'naviyat asoslari” va “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlaştirgan holda yagona “Tarbiya” fani 1-9-sinflarda 2020-2021 öquv yilidan, 10-11-sinflarida 2021-2022 öquv yilidan boşlab bosqiçma-bosqiç amaliyotga joriy etiladi.

Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi:

“Tarbiya” fani böyiça umumiy örta ta'limning davlat ta'lim standartini va öquv dasturlarini işlab çiqadi hamda tasdiqlaydi;

2020-2021 öquv yili uçun umumiy örta ta'lim muassasalarining
1-9-sinflari uçun, 2021-2022 öquv yili uçun 10-11-sinflariga möljallangan “Tarbiya” fani darsliklari, multimedia ilovalari va öquv-metodik majmualarga buyurtmalarni şakllantiradi;

2020-2021 öquv yilidan boşlab “Tarbiya” fani joriy etilişi munosabati bilan foydalaniş muddati tugamagan darsliklar uçun amalga oşirilgan xarajatlarning qoplanişini inobatga olgan holda, darslik töplamlarining ijara tölovi miqdorlarini qayta körib çiqadi.

Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi:

2020 yilning aprel-may oylarida “Tarbiya” fanidan darsliklar va öquv-metodik majmualarning tajriba variantlarini Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi umumiy örta ta'lim muassasalarida tajriba-sinovdan ötkazadi;

darsliklar va öquv-metodik qöllanmalarni çop etiş böyiça deklaratsiya qilingan narxlar asosida matbaa korxonalari bilan şartnomalar tuzadi;

çop etilgan “Tarbiya” fanidan darsliklar va öquv-metodik majmualarini yangi öquv yili boşlangunga qadar joylarga yetkazilişini ta'minlaydi;

umumta'lim maktablarida “Tarbiya” fanidan dars beruvçi “Boşlanğiç ta'lim”, “Milliy ğoya va huquq”, “Tarix” mutaxassisligiga ega öqituvçilarni xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş hududiy markazlarida   maqsadli malaka oşiriş kurslariga jalb etadi.