Irvayndagi (AQŞ) Kaliforniya universiteti olimlari sayyoramizning aniq kontur xaritasini tuziş vaqtida Antarktidadagi muz qalqoni ostida quruqlikdagi eng çuqur yangi joyni aniqlaşdi. Bu haqda National Geographic naşri xabar berdi.  

Botiqlik Şarqiy Antarktidadagi Denman muzligida joylaşgan bölib, uning tubi dengiz sathidan 3,5 kilometr pastda joylaşgan.   

Xaritani tuzişda 19 ta turli tadqiqot institutining muz qalinligi haqida 1967 yildan boşlab olgan ma'lumotlari qöllangan. Tadqiqot, şuningdek, million kvadrat kilometr hudud haqidagi georadiolokatsion ma'lumotlarni qamrab olgan. Bundan taşqari, muzning harakatlaniş tezligi haqidagi va seysmik ma'lumotlar qöllangan.    

Amerikalik olimlar massa saqlanişi va muz oqimi harakati haqidagi fizik qonunga asoslanişgan. Tadqiqotdan maqsad Antarktidada iqlim isişi ta'siriga eng zaif joyni aniqlaş bölgan.

“Hisob-kitoblarimizga köra, çuqurlik dengiz sathidan 3,5 km pastda joylaşgan, bu quruqlikdagi eng çuqur joydir”, deb aytgan tadqiqot mualliflaridan biri Mettyu Morligem.  

Bungaça suv bilan tölmagan eng çuqur botiq Antarktidadagi boşqa bir joy – Bentli botiği hisoblangan, uning tubi dengiz sathidan 2555 metr pastda joylaşgan.