Chempionlar ligasi

YeChL 1/8 final bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi. Qur'adan avval pley-off ishtirokchilari ikkita savatchaga ajratilgan: birinchisida guruh g‘oliblari, boshqasida — guruhlarda ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar joylashgan.

Shu tariqa, birinchi savatchada «PSJ», «Bavariya», «Manchester Siti», «Yuventus», «Liverpul», «Barselona», «Leypsig» va «Valensiya» o‘rin olgan. Bu jamoalar 1/8 finalda bir-birlariga raqib bo‘lmasliklari aniq.

Ya'ni, masalan, Lionel Messi bu bosqichda Krishtianu Ronalduga qarshi yoki Pep Gvardiola — sobiq jamoalari «Bavariya» va «Barselona»ga qarshi o‘ynamaydi.

Ikkinchi savatchada «Real», «Tottenhem», «Atalanta», «Napoli», «Borussiya» D, «Lion», «Chelsi» va «Atletiko» bo‘ladi.

Qur'a natijalariga ko‘ra 8 jamoa hosil bo‘ladi. Turnir tarixida ilk marta pley-offga faqat kuchli beshlik chempionatlari vakillari yo‘l olishgan: APL va La Ligadan 4tadan, A Seriya va Bundesligadan 3tadan, Fransiya chempionatidan 2ta jamoa.

An'anaga ko‘ra, bitta guruhdan chiqqan jamoalar bu bosqichda ham o‘zaro raqib bo‘lmasligi kafolatlanadi, shuningdek bitta chempionat vakillari bu bosqichda o‘zaro to‘qnashmaydi. Guruh g‘oliblari birinchi o‘yinni safarda o‘tkazishadi.

Quyida qur'a taqdim etishi mumkin bo‘lgan syujyetlarni ko‘rib chiqamiz:

«Borussiya»ning sobiq murabbiy bilan uchrashuvi

Foto: © Elmar Kremser / SVEN SIMON / Global Look Press

So‘nggi 10 yillikda Dortmund nemis murabbiylari uchun o‘ziga xos tramplinga aylandi. Bu yerda 7 yil ishlagan Yurgen Klopp «Liverpul» bilan Chempionlar ligasida g‘olib bo‘ldi, hozir esa Premer-Liga g‘olibligi uchun kurashmoqda. Tomas Tuxel Dortmundda ikki yil o‘tkazdi va kattaroq yutuqlarga erishish uchun «PSJ»ga «uchirma» bo‘ldi. Endi esa ikki klub ham nimchorak finalda «Borussiya»ga raqib bo‘lishi mumkin. Muxlislarni katta ehtimol bilan nostalgiyaga boy uchrashuvlar kutmoqda.

Krishtianu «Santyago Bernabeu»ga, Zidan esa Turinga qaytishi mumkin

Foto: © Maria Jose Segovia / ZUMA Press / Global Look Press