Toşkent viloyatining Angren şahri Qoraboğ köçasida yaşovçi, 1938 yilda tuğilgan fuqaro S.S. IIBga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda IIV axborot xizmati.

U şu kuni soat 03:00larda uyida uxlab yotganida şovqindan uyğonib ketgani va 3 nafar noma'lum şaxs yotoqxonasidagi temir sandiq içidan 5.000.000 söm puli va 20.000 AQŞ dollarini olib voqea joyidan qoçayotganliklarini körganligini ma'lum qilgan. Uşbu holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi (talonçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Körilgan çoralar natijasida yuqoridagi jinoyatni Angren şahar Appartak köçasida yaşovçi, muqaddam sudlangan 1983 yilda tuğilgan fuqaro A.E., şu köçada yaşovçi 1992 yilda tuğilgan fuqaro U.M., Qayrağoç köçasida yaşovçi, muqaddam sudlangan 1977 y.t. fuqaro T.R., 14-dahada yaşovçi, muqaddam sudlangan fuqaro 1998 y.t. O.M. va Suxrat köçasida yaşovçi, 1990 y.t. I.J. sodir etganliklari aniqlanib, U.M., I.J. va A.E. uşlanganlar. 

Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda.