16 dekabr kuni FIFA taşkilot sobiq rahbari Yozef Blatter va sobiq vitse-prezidenti Mişel Platini ustidan Şveytsariya sudiga murojaat qildi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar berdi.

FIFA 2011 yilda fransuzga asossiz tölangan 2 million yevroni qaytarişni talab qilmoqda. Hattoki Şveytsariya Federal Oliy sudi 2 million yevro miqdoridagi uşbu sovğani «asossiz tölov» deya hisoblanişini tasdiqladi.

Sud hukmi bilan ikki million yevro sobiq rahbarlar tomonidan qaytarib berilsa, qaytarilgan mablağ foizlar, qöşimça intizomiy xarajatlar va jarimalar körinişida birinçi navbatdagi FIFAning futbolni rivojlantiriş dasturiga yönaltiriladi.

Eslatib ötamiz, Yozef Blatter va Mişel Platini 2015 yilda 8 yilga futbolga aloqador işlardan çetlatilgandi. Keyinçalik bu muddat 6 yilga qisqartirildi.