Umumiy örta ta'lim muassasalarida “Tarbiya” fani bosqiçma-bosqiç amaliyotga joriy qiliş böyiça Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.

Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi:

oliy ta'lim muassasalaridagi “Boşlanğiç ta'lim”, “Tarix”, “Özbek filologiyasi”, “Milliy ğoya, ma'naviyat asoslari va huquq”, “Pedagogika va psixologiya” yönalişlarida tahsil olayotgan 2019-2020 öquv yili bitiruvçi kurslarining öquv reja, dastur va malaka talablariga “Tarbiya” fanini öqitiş huquqini beruvçi tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritadi;

2020-2021 öquv yilidan pedagogik kadrlar tayyorlovçi oliy ta'lim muassasalarida “Milliy ğoya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi” yönalişi örniga “Tarbiya va huquq ta'limi” yönalişini oçiş çoralarini köradi.

Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Adliya vazirligi, boşqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga uşbu qarordan kelib çiqadigan özgartiş va qöşimçalar töğrisida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

Bundan oldin, maktablarda yangi fan joriy etilişi xabar qilingandi.